Prezident Administratsiyasi rahbarining farmoyishlari bilan Hisob palatasi va Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmatida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ma’lum qildi.

Ulug‘bek Mirkamalovich Aripov Hisob palatasi raisining komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi.

Jamshid Jaxongirovich Mirzayev Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Shuningdek, Atabek Valijanovich Allaberganov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Sardor Alisherovich Mirzayev esa Prezident Administratsiyasi Komplayens xizmati sho‘ba mudiri lavozimiga tayinlandi. Shundan kelib chiqib, u Hisob palatasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Bundan oldin Alisher Samadov Hisob palatasi raisi etib tayinlangan edi. Bungacha u Prezident Administratsiyasining Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamentiga rahbarlik qilgan.

Shuningdek, Timur Butunbayev Prezident Administratsiyasi rahbarining suv islohotlari bo‘yicha o‘rinbosari — Huquqiy ekspertiza departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. U avval suv ta’minoti tizimini isloh qilish bo‘yicha Prezident Administratsiyasi rahbari o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Avvalroq Spot Farhod Ibragimov Enterprise Uzbekistan rahbari etib tayinlangani haqida yozgan edi.