Shavkat Mirziyoyev va Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma deklaratsiyani imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Shuningdek, davlat rahbarlari huzurida ikki tomonlama hujjatlar almashildi.

Jumladan, Mehnat mobilligi va migratsiyasi to‘g‘risidaga bitim qabul qilindi. Shu bilan birga, avtomobil transportida yo‘lovchi va yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi hujjat imzolandi.

Bundan tashqari:

  • Hududlararo hamkorlik to‘g‘risida;
  • Qishloq va suv xo‘jaligi hamda qishloq joylarni barqaror rivojlantirish sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Bojxona ishlarida hamkorlik va o‘zaro yordam to‘g‘risida;
  • Erkin savdo to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni boshlash uchun ishchi guruh tuzish to‘g‘risida;
  • Qayta tiklanuvchi energetika va “yashil” texnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Farmatsevtika va biotexnologiyalar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Turizm va madaniy safarlar sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • O‘rta yo‘lakni qo‘llab-quvvatlash borasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Temir yo‘l infratuzilmasi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Iqtisodiy diplomatiya sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Kinematografiya sohasida hamkorlik qilish va qo‘shma filmlar ishlab chiqarish to‘g‘risida;
  • 2026−2028-yillarda madaniyat sohasida hamkorlik to‘g‘risida;
  • Mehnat xavfsizligi va sog‘liqni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Nogironligi bo‘lgan shaxslarni himoya qilish va ularning jamiyatdagi mavqeini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Raqamlashtirish, elektron hukumat va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llash sohalaridagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida;
  • Samarqand viloyati va Voyevodina avtonom o‘lkasi o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida.

Spot, avvalroq, O‘zbekiston va Serbiya erkin savdo to‘g‘risidagi bitimni qabul qilishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.