Siroj Bekchanov O‘zatom agentligi huzuridagi Atomchilar shaharchasini qurish direksiyasi davlat muassasasi direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

U tayinlovga qadar Xorazm viloyati hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Siroj Bekchanov Urganch davlat universitetini tamomlagan. U tuman va viloyat hokimliklari apparatlarida qurilish, infratuzilma hamda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha rahbarlik va yetakchi pozitsiyalarda faoliyat yuritgan.

Maʼlumot uchun, direksiya Jizzax viloyatining Forish tumanida integratsiyalashgan atom elektr stansiyasi qurilishi munosabati bilan sohaga jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila a‘zolari uchun zamonaviy uy-joylar, ijtimoiy hamda infratuzilma obyektlarini barpo etish vazifalarini amalga oshiradi.

Spot avvalroq O‘zbekistonda ikkinchi va uchinchi atom elektr stansiyalarini qurish rejalashtirilayotgani haqida yozgandi.