Bugun, 14:00 Moliya
Avtokreditlar. 2025-yil may oyi bo‘yicha
Hozirda mavjud 35 ta bankdan 23 tasida avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Kreditlar bir yildan besh yilgacha, 22,5%dan 33%gacha stavkada taqdim etiladi.
Bugun, 13:50 Iqtisodiyot
Bino-inshootlarning seysmik pasporti joriy etiladi — Qurilish vazirligi
Yaponiyalik mutaxassislar ishtirokida seysmik xavfning oldini olish hamda xatarni baholash bo‘yicha choralar ishlab chiqiladi. Binolar texnik tekshiruvdan o‘tkazilib, kamchiliklar bartaraf etiladi.
Bugun, 12:49 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda xususiy pensiya jamg‘armalarini tashkil etish taklif etilmoqda
Xalqaro maslahatchilar kengashi shakarli ichimliklarga nisbatan aksiz solig‘ini hamda pensiya tizimining joriy modelini qayta ko‘rib chiqishni tavsiya qildi.
Bugun, 12:06 Iqtisodiyot
Suv tanqisligi 2030-yilga borib Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligiga tahdid soladi — EastFruit
Sug‘orish tizimlaridagi yo‘qotishlar suv isrofiga, balki tuproqning sho‘rlanishiga ham olib keladi, bu esa o‘z navbatida qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining pasayishiga sabab bo‘ladi.
Bugun, 11:23 Iqtisodiyot
Yo‘l qurilishida aholi fikrini o‘rganish va piyodalarga sharoit yaratish bo‘yicha qat’iy talablar belgilanadi
Avtomobil yo‘llari to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda ishlab chiqilmoqda. Unga yo‘llarda kommunikatsiya tarmog‘ini qurishda yo‘lning oldingi holatini tiklash xarajatlarini qoplash sharti kiritilmoqda.
Bugun, 11:11 Biznes
Microsoft 7 ming xodimini ishdan bo‘shatishini e’lon qildi
Qayd etilishicha, qisqartirishlar kompaniya umumiy xodimlarning taxminan 3%ini tashkil qiladi.
Bugun, 10:27 Texnologiyalar
IT Park Yaponiyada o‘z vakolatxonasini ochdi
Bu orqali Yaponiya bilan autsorsing, investitsiyalar hamda IT-ta'lim sohasidagi loyihalarni rivojlantirish rejalashtirilmoqda.
Bugun, 09:52 Biznes
Hunnu Air sentabr oyida Toshkent-Ulan-Bator yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Mo‘g‘uliston aviakompaniyasi ikkala shahar o‘rtasida haftasiga ikki marta parvozlarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Kecha, 21:00 Texnologiyalar
Xorijdagi o‘zimiznikilar: Amazonda ishlayotgan Fayzulla Abdurahimov hikoyasi
Fayzulla Abdurahimov pandemiya davrida O‘zbekistonda analitika sohasiga qadam qo‘yib, hozirda bu yo‘nalish bo‘yicha AQShdagi Amazon kompaniyasida faoliyat yuritmoqda. U Spot bilan suhbatda Amerika hayoti, ta’lim tizimi, yirik kompaniyalarda ishlash tajribasi bilan bo‘lishdi.
Kecha, 20:37 Qonunchilik
O‘zbekistonda noqonuniy kontentlarni o‘chirmagan saytlarga kirish tezligi pasaytirilishi mumkin
Bir yilda uch martadan ortiq noqonuniy kontentni o‘chirish talabini bajarmagan platforma foydalanuvchisi yoki hamjamiyat moderatori faoliyatini yarim yilgacha cheklash rejalashtirilmoqda.
Kecha, 19:32 Iqtisodiyot
Misrda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
5 nafar o‘zbekistonlik mamlakatda bo‘lish tartibini buzgani uchun ushlab turilgani aniqlandi. Ulardan bir nafari tegishli hujjatga ega bo‘lgani uchun qo‘yib yuborilgan, qolganlariga ham huquqiy baho beriladi.
Kecha, 19:00
Aloqa Finance Development mikromoliya tashkiloti o‘z faoliyatini boshladi
Kompaniyaning asosiy vazifasi mikrobiznes egalariga va o‘z biznesini boshlashni xohlovchi jismoniy shaxslarga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat.
Kecha, 18:31 Energetika
Rosatom O‘zbekistondagi kichik AES uchun uskunalar ishlab chiqarishni boshladi
Davlat korporatsiyasining Sankt-Peterburgdagi zavodida RITM-200N reaktor qurilmasi uchun 205 tonnalik birinchi quyma quyilgan.
Kecha, 18:26 Biznes
Abu-Dabida Disneylend parki quriladi — CNN
Qayd etilishicha, Abu-Dabidagi majmua dunyoda yettinchi, Yaqin Sharqda esa birinchi bo‘ladi.
Kecha, 17:26 Iqtisodiyot
1-iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejim joriy etiladi
Ikki mamlakat fuqarolari davlatlar hududida 30 kungacha vizasiz bo‘lishlari mumkin. Undan oshgan muddatlar uchun esa viza talab etiladi.
Kecha, 16:06 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 40 so‘mga oshib, 12 935,27 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:48 Qonunchilik
Endi xorijdan deportatsiya qilinganlarga ikki yilgacha “zagran” pasport berilmaydi
1-sentabrdan xorijda qonunchilik talablarini buzib deportatsiya qilingan va salbiy xatti-harakatlarni sodir etgan fuqarolarga oid ma’lumotlarning elektron reyestri yuritiladi.
Kecha, 14:52 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Eron tovar ayirboshlash hajmini to‘rt baravargacha oshirishni rejalashtirmoqda
Tomonlar $1 mlrdlik loyihalar portfelini ishlab chiqdi. Ikki mamlakat hukumatlari imtiyozli savdo bitimining tovarlar ro‘yxatini tasdiqlash bo‘yicha bayonnomani imzoladi.
Kecha, 14:37 Qonunchilik
Deportatsiya qilingan migrantlardan xarajatlarni undirish tartibi belgilandi
Endilikda fuqarolar Migratsiya jamg‘armasi hisobidan xorijdan qaytarilsa, ulardan xarajatlar undirilib, subsidiya va kompensatsiyalar bekor qilinadi.
Kecha, 13:02 Qonunchilik
Barcha mahalliy aviakompaniyalarga ichki reyslar uchun subsidiya beriladi
Tashuvchilarga maxsus komissiya qarori asosida aviachiptalar narxining 25%i qoplab beriladi.
Kecha, 12:57 Biznes
Nissan yana 11 mingta ish o‘rnini qisqartirishni rejalashtirmoqda
2024-yil noyabr oyida e’lon qilingan qisqartirishlar bilan birga ishdan bo‘shatilganlar soni 20 mingni tashkil etishi mumkin.
Kecha, 12:04 Texnologiyalar
Apple yangi iPhone narxlarini oshirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda — The WSJ
Qayd etilishicha, kompaniya bu qarorni yangi funksiyalar va dizayndagi o‘zgarishlar bilan izohlagan.
Kecha, 11:10 Qiyofa
Google va Amazon logotiplarni yangiladi
Qayd etilishicha, Google 10 yil, Amazon esa 20 yildan so‘ng o‘z logotiplariga o‘zgartirish kiritdi.
Kecha, 10:57 Qonunchilik
El-yurt umidi jamg‘armasi prezident huzurida qayta tashkil etildi
Xorijiy top universitetlarga kirgan yoshlarga El-yurt umidi stipendiyasi tanlovlarsiz ajratiladi.
Kecha, 09:50 Qiyofa
Sud Alisher Usmonovni Dilbar yaxtasi egasi deb atashni taqiqladi
Qayd etilishicha, sud taqiqni buzgan har bir holat uchun 250 ming yevrogacha jarima soladi.
12 may 2025, 20:53 Qonunchilik
Inflyuyenserlarning reklamadan olgan daromadlari uchun soliq to‘lovlari bo‘yicha nazorat kuchaytiriladi
Aloqa ma’lumotlari e’lon qilinmaydigan manbalarda reklama joylashtirishni taqiqlash rejalashtirilmoqda.
12 may 2025, 19:59 Blokcheyn va kriptoaktivlar
ILMA Crypto Magnatga kripto-do‘kon faoliyati uchun litsenziya berdi
Natijada, O‘zbekistonda litsenziya asosida faoliyat yurituvchi kripto-do‘konlar soni 12 taga yetdi.
12 may 2025, 19:30 Qonunchilik
AOKA internetdagi noqonuniy kontentlar monitoringini yuritishi mumkin
O‘zbekistonlik foydalanuvchilar soni ko‘p bo‘lgan platformalar mamlakatda o‘z vakillarini tayinlashi kerak bo‘ladi.
12 may 2025, 18:29 Qonunchilik
1-iyundan ayrim oilalarning talaba qizlariga alohida stipendiya beriladi
1-sentabrdan maktablarning uzaytirilgan kun guruhlarida kambag‘al oilalar farzandlari uchun kvota ajratilib, ota-onalar to‘lovdan ozod etiladi.
12 may 2025, 17:58 Qonunchilik
O‘zbekistonda kambag‘al oilalar qizil, sariq va yashil toifalarga ajratiladi
Ularga toifasidan kelib chiqib, boj, yig‘im va boshqa to‘lovlar uchun 75% gacha chegirma beriladi.
12 may 2025, 17:31 Iqtisodiyot
Litsenziyasiz fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish bilan shug‘ullangan uchta kompaniya jarimaga tortildi
Migratsiya agentligi tomonidan Worldvisa, Everyone Consult va Adworld Group kompaniyalari aholidan pul yig‘ib, xizmat ko‘rsatmagani aniqlandi. Fuqarolardan litsenziyaga ega xususiy bandlik agentliklari xizmatidan foydalanish so‘ralmoqda.
12 may 2025, 16:53 Qiyofa
Tesla xodimlari Ilon Maskdan kompaniyadan ketishni so‘ramoqda
Xodimlarning fikricha, milliarder o‘z faoliyati bilan brendga bevosita zarar yetkazmoqda. Xaridorlar kamayib, sotuvlar pasaymoqda.
12 may 2025, 16:10 Texnologiyalar
Uy roboti, buklanadigan iPhone va AR ko‘zoynaklari: Apple’ning yangi rejalari ma’lum bo‘ldi
Qayd etilishicha, kompaniyasi kelgusi ikki yil ichida o‘z mahsulotlar qatorini keng ko‘lamda yangilashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
12 may 2025, 16:01 Moliya
Dollar kursi ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi 15 so‘m 20 tiyinga oshib, 12 895,55 so‘mni tashkil etdi.
12 may 2025, 14:36 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda OTB ishtirokida $3,6 mlrdlik loyihalar amalga oshiriladi
Loyihalar ta’lim, ichimlik suvi ta’minoti, transport va moliyaviy-texnik yordam sohalari kabi asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi.
12 may 2025, 13:19 Iqtisodiyot
Tramp AQSh va Xitoy o‘rtasidagi savdo munosabatlarini “to‘liq qayta ishga tushirish"ni e’lon qildi
Mamlakatlar o‘zaro tariflarni 90 kunga vaqtincha to‘xtatib turishga kelishib oldi. Amerika tomonidan tariflar 145%dan 30%gacha, Xitoy tomonidan esa 125%dan 10%gacha pasayadi.
12 may 2025, 12:29 Transport
Shahrisabz aeroporti rekonstruksiyadan keyin birinchi marta ATR-72 samolyotini qabul qildi
Joriy yilning mart oyida aeroport uchish-qo‘nish yo‘lagi hamda yurish yo‘lagining kapital ta’mirlanishi sababli vaqtinchalik yopilgandi.
12 may 2025, 12:22 Biznes
Panasonic 10 ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirmoqda
Qayd etilishicha, ishdan bo‘shatishlarning yarmi Yaponiyaga, qolgan yarmi esa boshqa mamlakatlarga to‘g‘ri keladi.
12 may 2025, 11:31 Qonunchilik
Nogironligi bo‘lganlarni ishga olgan tadbirkorlarning ayrim xarajatlari qoplab beriladi
Ularga surdotarjimon, psixolog va hamrohlik xizmatini tashkil qilish uchun 50 mln so‘mgacha subsidiya ajratiladi.
12 may 2025, 11:25 Moliya
Banklarda dollar kursi 12 940 so‘mgacha belgilandi
Aksariyat banklarda sotish kursi 12 940−12 885 so‘mni, xarid narxi esa 12 900−12 820 so‘mni tashkil etmoqda.