AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda Agroinnovatsiya markazida olma bog‘i ochdi, deb yozadi UzDaily.
Ma’lumotda keltirilishicha, O‘zbekiston bo‘ylab meva va sabzavot mahsulotlarini ishlab chiqarish, saqlash va qayta ishlash bo‘yicha innovatsion yondashuvlar bilan almashish uchun «Agroinnovatsiya» markazida bog‘dorchilik bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazilib, mutaxassislar tayyorlanadi.
Markaz USAID, Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) va Qishloq joylarini rivojlantirish bo‘yicha Koreya korporatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.
USAID 0,5 gektara maydonli olma ko‘rgazma bog‘ini yaratib,olmanig bozorda yuqori talabgir bo‘lgan Golden Delishes, Starkrimson va Saltanat kabi navlarini taqdim etdi.