Bayram va dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
27−31-may — chorshanba kunidan yakshanba kunigacha bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- APEX BANK;
- O‘zmilliybank;
- Tenge bank;
- Hamkorbank;
- Anorbank;
- Garant bank;
- Hayot bank;
- Asakabank;
- Universalbank;
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Trastbank;
- Ipoteka-bank;
- InfinBank;
- Asia Alliance bank;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Ipak Yuli bank;
- Aloqabank;
- Xalq banki;
- Orient Finance bank;
- Saderatbank;
- Poytaxt bank;
- Mikrokreditbank;
- Turon bank;
- Davr bank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Spot, avvalroq, o‘zbekistonliklar Qurbon hayitida ketma-ket 5 kun dam olishi haqida yozgandi.