2017 yil dekabr oyi oxirida prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda 2018 yil — Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili, deb e’lon qilgan edi.

Shundan keyin, Davlatimiz rahbarining farmoni bilan Davlat dasturi tasdiqlandi, uning 88-bandida “dunyoning yetakchi to‘lov tizimlari („Visa“, „Mastercard“, „UnionPay“, „PayPal“ va boshqalar) bilan integratsiyalashgan zamonaviy chakana to‘lov tizimlari faoliyatini tashkil etishning tashkiliy-huquqiy asoslari va mexanizmini yaratish” normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Muddati — 2018 yil 1 sentyabr.

Fevral oyining oxirida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi chora-tadbirlari “Yo‘l xaritasi"ni tasdiqlovchi prezident qarori chiqarildi, uning bandlaridan birida “kontaktsiz to‘lov texnologiyasini keng qo‘llash, jumladan xalqaro to‘lov tizimlari (“Visa”, “Mastercard”, “PayPal”, “Alipay” va boshqalar)dan foydalanishni rivojlantirish va rag‘batlantirish, ushbu sohadagi normativ bazani takomillashtirish” ko‘rsatilgan, ammo natijalar loyiha emas, balki chora-tadbirlar majmuasi bo‘lishi kerak. Muddati — 2018 yilning 1 iyunigacha.

“O‘zbekiston Respublikasi hududida elektron pullarni huquqiy tartibga solish bo‘yicha takliflar tayyorlash” bo‘yicha yana bir band ko‘zda tutilgan. Buning natijasi sifatida qonun 2018 yilning 1 sentyabrigacha bo‘lgan muddatda ishlab chiqilishi kerak edi.

Sentyabr oyida “Milliy to‘lov tizimini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori chiqdi, unda yana elektron pul muammolarini hal qilish topshirig‘i yuklatilgan.

Xususan, Markaziy bank “To‘lovlar va to‘lov tizimlari to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ishlab chiqishi va “elektron pullar bilan opetsiyalarni amalga oshirish sohasida huquqiy munosabatlarni tartibga solish, jumladan elektron pullar egalarini identifikatsiya qilish tartibi"ni ham joriy qilishi lozim.

Faqat bu yerda muddat 2019 yilning 1 yanvariga qadar deb ko‘rsatilgan. Bunga ko‘ra, shu kungacha qonun loyihasi ishlab chiqilishi va joriy qilinishi lozim edi. Shundan keyin boshqa normativ hujjatlardagi tegishli o‘zgartirishlarni kiritish, tasdiqlash va amaliyotga tatbiq qilish choralarini qabul qilish kerak bo‘lardi.

Bularning hammasiga bir necha oy vaqt talab etiladi. Axir elektron pullar masalasi avtomobil oynalarini qoraytirishdek gap emas, ya’ni biron-bir sababga ko‘ra qisqa muddatda loyiha ishlab chiqilsa-yu, tasdiqlanib, hujjat qabul qilinsa (may oyida oynalarni qoraytirish bo‘yicha petitsiya 10 mingta ovoz yig‘di, iyun oyida esa qonun loyihasi tayyorlanib, avgust oyida ruxsat berila boshlandi).

Elektron pullar bo‘yicha rasmiy ma’lumot yo‘qligi sababli, “Spot” tahririyati iyul oyining boshida Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM)ga murojaat qildi.

O‘sha paytda kompaniya direktori Ahror Mahmudov O‘zbekistonda “PayPal” ishlamasligini, chunki qonunchiligimiz jismoniy shaxslarga pullarini xorijiy banklarda saqlashiga ruxsat bermasligini, elektron hamyonlar esa xorijdagi hisobvaraqqa tenglashtirilganini tushuntirib berdi.

Ushbu suhbatdan bir hafta oldin Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish Yagona portalida jismoniy shaxs bo‘lgan rezidentlarga xorijiy banklarda hisobvaraq ochish va undan foydalanishga ruxsat berish taklifi bildirilgan loyiha e’lon qilindi.

Ushbu qaror mamlakatda elektron pullarning ishlashi uchun zarur minimal huquqiy asos yaratadi, ammo muhokama iyul oyidayoq tugadi, u chiqishi rejalashtirilgan sana (1 sentyabr) ham allaqachon o‘tib ketdi.

Natijada nimaga erishildi?

Sentyabr oyida sodir bo‘lgan yagona narsa (va shu muddatning o‘zida turli hujjatlarda elektron pullar haqida turli takliflar tayyorlash, keyin qator chora-tadbirlarni qabul qilish, so‘ngra esa qonun loyihasini tayyorlash kerak), bu yuqorida aytib o‘tilgan to‘lov tizimi haqida qarorning yangi tasdiqlanish sanasi — 2019 yilning yanvar oyi ekanligidir.

“Elektron tijoratni jadal rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi prezident qarorida ham shu sana ko‘rsatilgan bo‘lib, unda ham “O‘zbekiston hududida elektron pullarga munosabatni tartibga soladigan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish” vazifasi yuklatilgan edi.

Shunday qilib so‘nggi 9 oy ichida har birida elektron pul muammolarini hal qilish masalalari topshirilgan hukumatning 4 (!)ta qarori chiqdi, biroq, amalda yil oxirlab borayotgan bo‘lsa-da, tayinlangan muddatlar faqatgina ortga surilyapti, na “PayPal”, na “Yandeks. Money”, na Qiwi O‘zbekistonda oldin ham bo‘lmaganidek, hozirda ham yo‘q. Bundan tashqari, Markaziy bank, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va boshqalarda buning uchun javobgar shaxslar tayinlangan bo‘lsa-da, ularni tatbiq etish uchun hatto huquqiy baza ham yo‘q.

Texnik tarkibiy qismiga kelsak, masalan Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) ma’lum qilishicha, allaqachon amerikalik hamkorlarning barcha talablari bajarilgan va hozirda “PayPal” shtab-kvartirasining qarorini kutilmoqda:

“Ushbu xizmatni ishga tushirish uchun texnik tayyorgarlikni ilgariroq boshlagandik. Qonun qabul qilinishi bilan [ jismoniy shaxslarga chet elda hisob raqamlarini ochishga imkon beruvchi] biz darhol aholiga “PayPal”, “Yandeks. Money”, “WebMoney” va “Qiwi Wallet"da hisoblarini to‘ldirish imkonini beramiz. Biz boshqa elektron to‘lov tizimlariga ham ulanishni rejalashtirayapmiz”, — degan edi Ahror Mahmudov yoz faslida.

Hozircha O‘zbekiston “PayPal” tarmog‘iga qo‘shilmagan (O‘zbekiston “PayPal"ning “qora ro‘yxat"ida emas) Markaziy Osiyoda yagona mamlakat (va dunyodagi kamchilik) mamlakatlardan biriligicha qolmoqda.

Xuddi shunday “Yandeks. Money” bilan ham tom ma’noda mamlakatni qamrab oladigan, lekin uning ichida mavjud bo‘lmagan hamyonni to‘ldirish nuqtalari mavjud bo‘lgan karta aniq ko‘rinadi:

Rasm: “Yandex.Pullar” to’ldirilgan nuqtalar. Ular Tojikiston, Qig’iziston va Qozog’iztonda mavjud, lekin O’zbekistonda emas.

Yanvar oyining boshida “Amazon” vakili Shohrux Jo‘rayev, mamlakatdagi elektron to‘lovlar tizimi juda tez rivojlanayotgani, biroq ular mahalliy va ichki bozorga mo‘ljallanganicha qolayotgani, mamlakatda “PayPal"ning o‘zi yo‘qligi jarayonga kuchli to‘sqinlik qilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

“Hozirda O‘zbekistonda bor bo‘lgan elektron tijorat (Yecommerce) platformalari ham jahon bozoriga qo‘shilmagan”, — degan edi o‘shanda Jo‘rayev.

Agar O‘zbekistonda elektron pullar masalasi bo‘yicha yangi hujjat ishlab chiqilmasa, natijada bu masala yanada kechikadi, u holda uning chiqishini 2019 yilga mo‘ljallasa bo‘ladi (eng yaxshi holatda).

Hukumatning to‘rtta qarori va Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili bo‘lishiga qaramay, qaror qabul qilish masalasi, barcha ko‘rinishlardagi qandaydir sabablar bilan yaqin o‘rtada amalga oshmasligi aniq bo‘ldi.