2018 yilning 10 dekabridan GM Uzbekistan kompaniyasi Chevrolet Tracker krossoveriga buyurtmalar qabul qilishni boshlaganini ma’lum qildi.

“Tracker komplektatsiyalarida xaridorlarga avtomatik kruiz nazorati, (BYOM2) ma’lumot-ko‘ngilochar tizimi, cvetodiodli kunduzgi yoritish chiroqlari taqdim etilgan. Avtomobil komplektatsiyasiga shuningdek 6 ta xavfsizlik yostiqchalari, orqa parkovka datchiklari, shuningdek alyuminiy disklari ‘R18 215/55 kiradi”, deyiladi xabarda.

Tracker subixcham avtomobillar sinfiga kiradi: uzunligi 4 257 mm, kengligi 1 776 mm va balandligi 1 679 mm. Avtomobilning yoqilg‘i baki 53 litrni tashkil qiladi.

Avtomobilning 1,8 litrli dvigatel hajmi 140 ot kuchiga teng. Yoqilg‘i sarfi MT5/AT6 transmissiyali aralash siklda 100 km.ga 7,1 l. tashkil qiladi. Avtomobil 10,6 soniyada 100 km/s tezlikka yetadi. Model 4-silindrli dvigatel bilan jihozlangan.

Xabarga ko’ra, xaridorlarga avtomobil ikki xil komplektatsiyada taqdim etilgan: Tracker LT M/T va Premier A/T. Tracker’ning LT M/T komplektatsiyasi narxi — 184 308 855 mln so‘m, Premier A/T esa 215 680 575 mln so‘mni tashkil qiladi.