“O'zbekiston temir yo’llari” AJ Oxangaron va Parkent ko’chalari kesishmasida shu kungacha xali qo’llanilmagan 3 qavatli yo’l o’tkazgich 2019 yil oxiriga qadar foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgani haqida xabar berdi.

Bunyodkorlik ishlarining bosh rejasi “Boshtransloyiha” AJ mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan. Unga ko’ra dastlab umumiy uzunligi 484, kengligi 26,7 metrni tashkil etuvchi tunnel quriladi.

Mazkur inshootning balandligi jahon standartlariga mos ravishda 5,5 metr bo’lib, har ikki yo’nalishda 3 ta avtomobil yo’lagi barpo etiladi. Shuningdek, bu yerda loyiha doirasida yoritish tizimi, suv chiqarish ariqchalari quriladi. Ikkinchi bosqichda yer sathidan 1 metr balandlikda diametri 50 metrni tashkil etadigan doirasimon yo’l o’tkazgich qurish ishlari olib boriladi.

“Eng asosiysi ushbu xududda Maxtumquli va Sharqiy aeroport ko’chalarini bog’lovchi ulkan yo’l o’tkazgich tiklashnishi ham rejalashtirilgan. Mazkur inshoot Toshkent viloyatining Parkent, Yuqori Chirchiq, Bo’stonliq tumanlari tomon harakatlanuvchi avtomobillar boshqaruvchilari uchun qator qulayliklar yaratadi”, deyiladi xabarda.

Xususan, mazkur xududlarga eltuvchi zamonaviy magistral bunyod etiladi. Uning natijasida ushbu xududlargacha bo’lgan masofa deyarli 20 km.ga qisqaradi. Yirik yo’l o’tkazgichning umumiy uzunligi 618, kengligi 30 metrni tashkil etadi va 6 ta avtomobil yo’laklariga mo’jallangan bo’ladi.

Hozirda “O'zbekiston temir yo’llari” AJga qarashli “Ko'prikqurilish” tresti unitar korxonasi ishchi-xodimlari tomonidan tunnel qazish ishlari olib borilmoqda. Joriy yil oxiriga qadar loyihaga qiritilgan barcha inshootlarni to’la qurib bitirish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.