Davlat statistika qo’mitasining hisobotiga ko’ra, 2018 yil yanvar-dekabr oylarida O’zbekistonda o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 822,2 ming so’mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag’batlantirish xususiyatiga ega to’lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to’lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig’i, ijtimoiy sug’urta va kasaba uyushmasiga to’lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 25,0% ga o’sishni ta’minladi.

Respublika hududlari bo’yicha o’rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2570,4 ming so’mni (respublikadagi o’rtacha oylik ish haqiga nisbatan 141,1%), Navoiy viloyatida 2371,0 ming so’mni (130,1%) va Toshkent viloyatida 2063,1 ming so’mni (113,2%) tashkil etgan bo’lsa, Samarqand viloyatida 1431,3 ming so’mni (78,5%), Namangan viloyatida 1434,5 ming so’mni (78,7%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo’lmoqda.

2018 yil yanvar-dekabr oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo’yicha ish haqi tahlili quyidagilarni ko’rsatmoqda:

Ta’lim sohasi

Ta’lim sohasida 22 881 ta muassasada 996,3 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 16694,4 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1396,4 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 20,4% ga o’sdi.

Sanoat

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 614 ta korxonada 452,8 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 14839,1 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2731,1 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 30,6%ga o’sdi.

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasi

Sog’liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko’rsatish sohasida 1408 ta muassasada 432,7 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 6090,4 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangano’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1173,1 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 19,8%ga o’sdi.

Tashish va saqlash

Tashish va saqlash iqtisodiy faoliyat turida 207 ta korxonada 116,8 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 3513,7 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2507,4 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 23,6% ga o’sdi.

Bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati

Bank, sug’urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati iqtisodiy faoliyat turida 173 ta muassasada 67,6 ming nafar xodim ishlagan bo’lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 2839,8 mlrd. so’mni tashkil etgan.

Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o’rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 3500,5 ming so’mni tashkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan 29,9% ga o’sdi.