O’zbekistonda, masalan, Rossiyada mavjud aholining ko’p miqdorda kreditlanganligi bilan bog’liq deyarli hech qanday muammo yo’q. Mikromoliyalashtirish sohasi o’tgan yil rivojlana boshladi.

Bu haqda Markaziy bankning kredit tashkilotlari prudensial nazorati departamenti direktori Abrorxo’ja Turdaliyev Fitch Ratings konferentsiyasida bildirdi.

Bugungi kunda iste’mol kreditlari portfelining keskin o’sishi prezidentning o’tgan yilgi qaroriga binoan banklarga mikoqarz bilan shug’ullanishga (maqsadni ko’rsatmasdan kredit berishga) imkon berilgani bilan asoslanmoqda.

Shu munosabat bilan va avtokreditlarning o’sishi hisobiga yangi talablar joriy etildi. Markaziy bank foiz stavkasi yuqori bo’lgan va boshlang’ich bafdali 25% dan kam bo’lgan kreditlar bo’yicha xatarlar darajasini oshirdi.

“Bu kreditning umumiy o’sishini ushlab turmaydi, lekin banklar o’zlarining xatarlarini boshqarishni boshlashlari uchun shu tarzda yanada yaxshi portfelni shakllantirishni rejalashtirmoqdamiz. Ya’ni, ularning portfelida xatar darajasi yuqori bo’lgan kreditlarning ulushi kichik bo’lishi kerak “, — dedi Abrorxo’ja Turdaliyev.

Shuningdek, u kelgusida Markaziy bank tomonidan ushbu sohani tartibga solish bo’yicha qo’shimcha cheklovlarni joriy etish rejalashtirilayotganini ham ta’kidladi. Misol tariqasida yaqinda Rossiya Markaziy bank amalga oshirgan mikromoliyalash uchun kunlik foiz stavkalariga cheklovlar o’rnatish keltirildi. Ushbu me’yorlar bosqichma-bosqich joriy qilinishi rejalashtirmoqda.