Ilgari Spot “O‘zavtosanoat” AJ 27 fevral kuni Namangan viloyatining Norin tumanida velosiped ishlab chiqarish zavodi “Norin Moto Bike” MCHJni ishga tushirgani haqida xabar bergan edi. Endilikda zavodda skuter, mototsikl va tritsikllar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi, xabar beradi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

Ishlab chiqarishni joriy etish to‘g‘risidagi kelishuv “O‘zavtosanoat” AJ va mahsulot ishlab chiqarish uchun butlovchi qismlar yetkazib beruvchi sifatida ish ko‘ruvchi “Lifan Group Co.Ltd” kompaniyasi o‘rtasida imzolangan.

Yangi zavod 150 nafar mahalliy aholini ish bilan ta’minlash imkonini beradi, kelgusida ular soni 500 nafarga yetishi kutilmoqda.

Shuningdek, yil oxiriga borib, “Norin Moto Bike” MCHJ o‘z mahsulotlarini qo‘shni mamlakatlarga eksport qilishni rejalashtirgan.