O’zbekistonda eski avtomobilni to’lov evaziga yangisiga almashtirish mumkin bo’ladi.

Bu haqda 7 iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo’lib o’tgan brifingda"O‘zavtosanoat" strategik rejalashtirish direksiyasi boshlig‘i Rustam Qodirov ma’lum qildi, xabar beradi Spot muxbiri.

O‘zbekiston avtobozorida ko’plab mamlakatlarda uzoq vaqtdan buyon faol foydalanilayotgan trade-in amaliyoti tatbiq qilinadi. Eski avtomobil egalari avtosalonga kelib, avtomobillarini topshiradilar va farqni to’lash evaziga sotib olishlari mumkin bo’ladi.

Mazkur tizim yangi avtomobillar savdosini kuchaytirishi va aholi ixtiyoridagi avtomobillar parkini yaxshilash imkonini berishi kutilmoqda.

Minilgan avtomobillar bilan nima sodir bo’ladi, dastur shartlari va boshqa tafsilotlar ma’lum qilinmadi.