Ilgari Spot xabar berganidek, onlayn rejimida uzatib borish funksiyasiga ega boʻlgan virtual kassalarni onlayn nazorat kassa mashinalari qatorida joriy etiladi.

Tadbirkorlar onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkaziladi.

Naqd pul tushumiga ega boʻlgan tadbirkorlarning onlayn-NKM yoki virtual kassadan foydalanishga bosqichma-bosqich oʻtkazish grafigi:

  • Alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilgʻisi va gaz yoqilgʻisi savdodi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlar 2020 yil 1 yanvarga qadar
  • Oʻtgan yilning yakunlari boʻyicha yillik oboroti 5 mlrd soʻmdan oshgan tadbirkorlar 2020 yil 1 avgustga qadar
  • Oʻtgan yilning yakunlari boʻyicha yillik oboroti 100 mln soʻmdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan tadbirkorlar 2021 yil 1 yanvarga qadar
  • Barcha tadbirkorlar 2020 yil 1 yanvarga qadar