“Masdar” kompaniyasi (BAA) Navoiy viloyatining Karmana tumanida quyosh fotoelektr stansiyasi (FES) qurilishiga kirishdi. Bu haqda Energetika vazirligining axborot xizmati xabar beradi.

Quvvati 100 MVt bo‘lgan FES qurilishi loyihasi davlat-xususiy sherikligi asosida amalga oshirilmoqda. Mazkur elektr stansiyasining ishga tushirilishi joriy yilning oktyabr oyiga rejalashtirilgan. U qayta tiklanuvchi energiya manbalari (QTEM) asosida faoliyat yurituvchi sanoat miqyosidagi ilk generatsiya qilinadigan elektr stansiyasi bo‘ladi.

Qurilish maydonchasida obyekt qurilishi uchun zarur bo‘lgan barcha infratuzilma mavjud.

Masdar 25 yil davomida elektr energiyasini kilovatt-soatiga atigi 2,679 sentdan yetkazib berish majburiyatini oldi. Bu hozirgi kunda Markaziy Osiyodagi eng past quyosh tarifidir.

Avvalroq Spot, Masdar kompaniyasi FES qurish bo’yicha tenderni yutib olganligi va 2021-yilda qurilish ishlarini boshlashi to’g’risida yozgan edi.