5,9 gektar maydonda joylashgan “Soyliq” oromgohi e-auksionda sotuvga qo’yildi. Bu haqida E-ijro auksion saytida xabar beriladi.

Oromgoh Toshkent viloyati, Bo’stonliq tumani , Kichiksoy MFYda joylashgan. Inshoot uchun boshlang’ich narx 14,2 mlrd so’m deb belgilangan.

G’olib chiqqan shaxs oromgoh maydonida turistik xizmat ko’rsatish majmuasi, shuningdek kamida 3 yulduzli mehmonxona faoliyatini tashkil etish majburiyati yuklatilgan.

Obyektning umumiy yer maydoni 5,9 gektar. Auksion joriy yilning 10-may kuniga qadar davom etadi.

Avvalroq Spot, Jizzax shahridagi “O‘zbekiston” mehmonxonasi sotuvga qo’yilganligi haqida xabar bergan edi.