“Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, Oʻzbekistonga yana bitta “Afrosiyob” poyezdi olib kelinmoqda. 11 ta vagon va ikkita lokomotivdan iborat poyezd Sankt-Peterburg portidan Oʻzbekistonga joʻnatish uchun hozirlanmoqda.

Qayd etilishicha, joriy yil 30-iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan kemaga ortilgan 2 ta lokomotiv va 11 ta vagondan iborat “Afrosiyob” poyezdi Sankt-Peterburg portiga yetib kelgan.


Shuningdek, mazkur poyezd bilan birga yana 4 ta alohida vagon ham kelmoqda. Ular avval keltirilgan shu turdagi poyezdlarda ishlatilishi moʻljallangan.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston ilk “Afrosiyob” poyezdini 2011-yilda qabul qilib olgan edi. Oʻshandan keyin yana uchta bu turdagi poyezdlar sotib olingan.