Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanida joylashgan savdo va maishiy kompleks auksionga qoʻyildi. Lot 2021-yilda qurilgan, 2 qavat bino va 7 ta xonadan iborat.

Binoning umumiy maydoni 1102 kv.metrni tashkil etadi. Elektr, gaz, suv va kanalizatsiyaga ega.

Lotning boshlangʻich narxi 8 mlrd soʻm boʻlib, arizalar shu yilning 4-sentyabriga qadar qabul qilinadi. Savdolar esa 6-sentyabr kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan.

Auksionda ishtirok etish niyatidagi shaxslar batafsil maʼlumotni ushbu havoladan olishlari mumkin.

Avvalroq Spot Chilonzor tumanida joylashgan “Dubai Restaurant” savdo va umumiy ovqatlanish masjmuasi auksionga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.