Oʻzbekistonda 1-yanvardan nimalar oʻzgaradi

Spot 2022-yil 1-yanvardan boshlab Oʻzbekiston qonunchiligida roʻy beradigan ayrim oʻzgarishlar haqida maʼlumot berib oʻtadi.


Soliq kodeksiga kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar nimalardan iborat

Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i kamaytirildi, yetim bolalar va ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalar mulkida boʻlgan mol-mulk soliq solishdan ozod etildi va boshqalar.


Yil sarhisobi: Banklar va fintex sohasida qanday o’zgarishlar bo’ldi va 2022-yilda nimalar kutilmoqda

TBC bank boshqaruvi raisi Spartak Tetrashvili va Bank Apelsin boshqaruvi raisi Sergey Gimadiev, shuningdek, OSON elektron pul tizimi asoschisi Farhod Mahmudov Spotga 2021-dagi asosiy o’zgarishlar va kelgusi yilgi tendensiyalar haqida so’zlab berdi.


Yil sarhisobi: moliya sohasida nima oʻzgarishlar sodir boʻldi va 2022-yildan nimalar kutilmoqda

“Avesta Investment Group” investitsiya kompaniyasi hamkori Karen Srapionov va “RB Asia” xalqaro investitsiya va konsalting kompaniyasi rahbari Doniyor Islomovlar moliya bozoridagi o‘zgarishlar va potensial investorlar qaysi vositalarga e’tibor qaratishlari kerakligi haqida o‘z fikrlarini Spot bilan o‘rtoqlashdilar.


Boshqa yangiliklar:

  1. O‘zbekistonda misdan olinadigan daromad miqdori ma’lum qilindi. 2017-yilda 109 885 tonna mis ishlab chiqarilgan boʻlsa, hozirgi kunda kombinat 148,5 ming tonna mis ishlab chiqarmoqda.
  2. Ayrim turdagi notarial harakatlar masofadan turib amalga oshirish tizimi ishga tushiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning notarial idoraga kelmasdan, masofadan turib murojaat qilishi, navbatga yozilishi va ayrim turdagi notarial xizmatlardan onlayn foydalanish tartibi belgilanmoqda.
  3. MIB Qushbegida joylashgan binolar majmuasini 10 mlrd soʻmga auksionga qoʻydi. Savdo 24-yanvarga belgilangan, arizalar 22-yanvarga qadar qabul qilinadi.
  4. Tadbirkorlikni roʻyxatdan oʻtkazish yigʻimi 80 foizga kamaytirildi. Endilikda tadbirkorlikni qayta roʻyxatdan oʻtkazish rad etilganidan 5 ish kunida qayta roʻyxatdan oʻtkazish uchun murojaat qilinsa davlat boji toʻlanmaydi.
  5. Yiliga 3,9 mlrd kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqaradigan stansiya ishga tushiriladi. Ushbu loyihani amalga oshirish hisobiga yiliga 550 mln metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
  6. HUMO va UZCARD terminallari bir-birining kartalarini qabul qilishni boshlaydi. Endi kassirlar ikkala toʻlov tizimiga ham xizmat koʻrsatadigan bitta apparatga ega boʻlishadi.
  7. Pavel Durov oʻzining kanalida katta post qoldirdi. U yana nimadan norozi. Spot ushbu postni oʻzbek tilida havola etadi.
  8. Yangi yilda dunyo boʻyicha milliarderlar soni oʻzgardi. Roʻyxatda Rianna ham bor. Yangi milliarderlarning yarmidan koʻpi oʻz kapitalini uch soha — ishlab chiqarish, texnologiyalar va moliya-investitsiya orqali koʻpaytira olgan.
  9. Pensiya va nafaqa to‘lovlari 5−6-yanvardan boshlab amalga oshiriladi. Prezident qaroriga muvofiq pensiya va nafaqalar toʻlovi har oyning birinchi bank ish kunidan boshlanib, oyning 27-sanasiga qadar yetkaziladi.
  10. Turkuaz Sergelida joylashgan hostelni auksionga qoʻydi. Lotning boshlangʻich bahosi — 5,5 mlrd soʻm.