Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning may oyida yoʻlovchi tashish transporti xizmatlari narxlari aprel oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 0,6% ga arzonlashgan.

Mazkur xizmatlar narxlari yil boshidan buyon oʻrtacha 2,3% ga oshgani kuzatilgan.

Xususan, poyezdlarda yoʻlovchi tashish narxlari bir oyda oʻrtacha 2,6% ga arzonlashgan. Shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlari esa yil boshidan buyon oʻrtacha 2% ga qimmatlashgan.

Shuningdek, bir shu vaqt mobaynida davomida metro, tramvay va shaharlararo avtobusda yoʻl haqi narxlarida oʻzgarish kuzatilmagan.

Avvalroq Spot 30 yillik tanaffusdan soʻng Dushanbe — Toshkent yoʻnalishi boʻyicha poyezdlar qatnovi tiklanayotgani haqida yozgan edi.