Quyida keltirilgan ma’lumotlar bank saytlaridan olingan va amaliyotda sinovdan o’tkazilgan. Onlayn mikroqarzni olish bank mobil ilovasidan amalga oshiriladi. Bunda pasportni skanerdan o’tkazish yoki bank mijozi bo’lishingiz talab etiladi.


Mikroqarz 50 million so’mgacha, muddati 24 oy. Yillik foiz 25% ni tashkil etadi. Vaqtida amalga oshirilgan to’lov uchun keshbek beriladi.

Bank mobil ilovasini yuklab olgach avtorizatsiyadan o’tishingiz kerak. milliy va xorijiy valyutadagi hamyon kartalar va trial karta uchun alohida buyurtma berasiz.

Mikroqarzni olish uchun alohida mablag’lar ko’rsatilgan bo’limlar mavjud. O’zingiz xohlagan summani kiritgach kafil odamning ismi sharifi va telefon raqami ham so’raladi. Ariza 1 daqida ichida ko’rib chiqiladi. Agar oldingi kreditlardan qarzdorlik va skoring ballarining to’g’ri kelmasligi kuzatilsa bank qarz bermaydi.

Buning aksi bo’lgan holatda pullar elektron hamyoningizga o’tkazib beriladi. Sug’urta uchun alohida to’lov mavjud.


logo

TBC Bank ham xuddi shunday summada onlayn mikroqarz taqdim etmoqda. Ilovadan pasport va ID skaner bosqichlari amalga oshirilgach, tasdiqlash uchun ancha muddat kutishingiz kerak bo’ladi*

Yillik foiz stavkasi 28% va qarz 36 oygacha muddatga beriladi.

Anorbankda belgilab qo’yilgani kabi, ijobiy kredit tarixi, doimiy daromad va rasmiy ish joyiiga ega shaxslar xizmatdan foydalanishlari mumkin.


Ipoteka bank bank mijozlariga ortiqcha hujjatlarsiz va skoring tekshiruvisiz onlayn mikroqarz taqdim etadi.

Bu uchun sug’urta badalini to’lash kerak bo’ladi. 50 million so’m 36 oyga 26% dan taqdim etiladi. Oldindan to’lash imkoni mavjud.
Belgilangan summa 3 martaga bo’lib beriladi. Qarzlar har oyning birinchi 5 kunligida yechib olinadi. Rasmiy ish joyi va kamida 6 oylik ish tajribasi bo’lishi talab etiladi.

Texnik ishlarga ko’ra hozirda Ipoteka bankda onlayn mikroqarz berish to’xtatilgan.