Iyun oyi uchun 637 115 nafar isteʼmolchiga 61,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi. Bu haqda Davlat soliq inspeksiyasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, kamchiliklar bartaraf etilishi natijasida — yanvar-may oylari uchun yana 732,2 mln soʻm keshbek tasdiqlandi.

Umuman hisobda, yil boshidan buyon 885 829 nafar fuqaroga 248,6 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.


2022-yil 1-yanvardan chakana savdo, umumiy ovqatlanish va aholiga maishiy xizmat koʻrsatish obyektlarida xarid uchun berilgan cheklar QR-kodini Soliq mobil ilovasida skanerlash orqali xarid summasidan 1% keshbekka ega boʻlish boshlandi.

Shundan soʻng DSQ 14 kun ichida 401 ming 604 ta xarid cheklari roʻyxatdan oʻtkazilganini maʼlum qildi. Bu orqali fuqarolarga 5 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ qaytarib berilgan. Bundan tashqari, qoʻmita 16 mingga yaqin cheklar uchun keshbekni bekor qilishga majbur boʻldi.

Chunki ayrim uddaburon kassirlar xaridorlar chekini roʻyxatdan oʻtkazish orqali 16,5 mln soʻm keshbek toʻplashga “muvaffaq boʻlgan”.

Mart oyi uchun 57,5 mlrd soʻm, may oyi uchun esa isteʼmolchiga 53,8 mlrd soʻm keshbek toʻlab berildi.