Twitter, WeChat va boshqa tarmoqlarga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlanmoqda

2021-yilning yozida “TikTok”, “Twitter”, “Skype”, “WeChat” va “ВКонтакте” tarmoqlariga cheklov qoʻyilgandi.


Rossiyadagi inflyatsiyaning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi. Ekspert fikri

Mamlakat inflyatsiya darajasi O‘zbekistonda narxlar barqarorligiga Turkiyadagi narxlarning ko‘tarilishiga qaraganda ko‘proq bosim ko‘rsatadi.



O‘zbekiston banklari olti oyda qariyb 5 trln so‘m sof foyda ko‘rdi

Umumiy hisobda 47,2 trln so‘m daromad ko‘rilgan bo‘lib, shundan 42,4 trln so‘m miqdorida xarajatlar amalga oshirilgan.


Uzbekistan Airports Oʻzbekistondagi Duty Free doʻkonlari tarmogʻida ulushga ega boʻldi

Kompaniya 23,3% ulush uchun 400,3 mln so‘m to‘lagan.


Taksi xizmati, do‘kon, kafe va boshqalar. Toshkent aeroporti qanday o‘zgaradi

Buning natijasida uchib ketish terminalning maydoni 66 801 kv.m gacha kengaytiriladi, aeroportning o‘tkazish qobiliyati esa har soatda 2400 yo‘lovchiga oshadi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Rossiyaning yirik ishga yollovchi agentliklari O‘zbekistonda ish boshlashi kutilmoqda. Ular bu yerda o‘sish potensiali yuqori ekanligini tushunishmoqda.
  2. Qo‘qonda misdan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish klasteri barpo etiladi. Loyihaning birinchi bosqichini amalga oshirish maqsadida 44 mln yevrolik shartnoma imzolandi.
  3. Toshkent ikkilamchi bozorida uy-joy narxlari 11,3 foizga o‘sdi. Narxlar oshishi eng ko‘p Mirzo-Ulug‘bek, Yakkasaroy va Yashnobod tumanlarida kuzatilgan.
  4. Korrupsion jinoyatlar davlatga 1,2 trln so‘m zarar yetkazdi. Korrupsiyaga koʻproq ta’lim, sog‘liqni saqlash hamda bank tizimida yo‘l qo‘yilgan.
  5. O‘zbekistonning Ozarbayjon va Turkiya bilan savdo aylanmasi $3 mlrddan oshdi. Tomonlar bu ko‘rsatkichni ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.
  6. Qanot Sharq ikkita yangi Airbus A321neo samolyotini lizingga oldi. Samolyotlar aviakompaniyaga shu yilning kuzida yetkazib berilishi rejalashtirilgan.
  7. Farg‘onada Hindiston bilan hamkorlikda $25 millionlik klinika quriladi. U transplantologiya sohasiga yo‘naltiriladi.
  8. Davlat obligatsiyalarini aholi uchun ham chiqarish rejalashtirilmoqda. U yuridik shaxlarga chiqarilgan obligatsiyalar foiz stavkasidan 3−4% yuqori bo‘ladi.
  9. Mehmon uylarini ochmoqchi bo‘layotgan tadbirkorlar kreditlari qisman qoplab beriladi. Biroq u foiz stavkasi Markaziy bank asosiy stavkasining 1,5 baravaridan oshmagan kreditlar uchun amal qiladi.
  10. Innovatsion rivojlanish vazirligi milliy messenjer yaratish bo‘yicha tanlov e’lon qildi. Arizalar 1-oktabrga qadar qabul qilinadi.