O‘zbekistonda “Twitter” va boshqa tarmoqlardan to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyati tiklanmoqda. Bu haqda “AOKA"da ma’lum qilindi.

Xabarga koʻra, “Twitter”, “WeChat” hamda “ВКонтакте” ilovalari blokdan yechilgan. “TikTok"ni ham blokdan chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

2021-yil yozida “TikTok”, “Twitter”, “Skype”, “WeChat” va “ВКонтакте” tarmoqlariga cheklov qoʻyilgandi.

Cheklovga mazkur tarmoqlar Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiga oid maʼlumotlarni mamlakat hududida joylashgan serverlarda saqlamayotgani sabab boʻlgan.

Bu qaror ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan tinimsiz tanqidlarga uchrab kelayotgan boʻlsa-da, blok hamon ochilmay qolayotgan edi.

2021-yilning dekabr oyida Komil Allamjonov mazkur platformalar faoliyatini cheklash emas, ular bilan yaqin muloqotga kirishish barcha uchun manfaatli boʻlishi haqida fikr birdirgandi.