Joriy yilning 6 oyida tarmoq korxonalari tomonidan $287,4 mln miqdorida qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirildi.

Bu ko‘rsatkich 2021-yilning mos davriga nisbatan 227%ga oshdi. Bu haqda “O‘zsanoatqurilishmateriallari” matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, $49 mln.lik metall buyumlar, $40 mln.lik PVX profil, truba va fitinglar, $39 mln.lik keramik plitka va keramika buyumlari kabilar eksport qilindi.

Qurilish mollarini eksport qilishda Qozog‘iston ($77,5 mln) va Qirg‘iziston ($37,8 mln) yetakchilik qildi.

Bundan tashqari, Tojikiston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Rossiya, Ukraina va Xitoy kabi davlatlar mazkur materiallarning xaridoriga aylandi.

Qo‘shni davlatlarning umumiy eksportdagi ulushi qariyb 71%ni tashkil etadi.


Avvalroq, joriy yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston eng ko‘p Ozarbayjonga konditsioner eksport qilgani haqida xabar bergandik.