Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-iyun oylarida Oʻzbekiston 12 ta xorijiy davlatga 35,3 mingta konditsioner eksport qilgan.

Eksportning umumiy qiymati $16,2 mln.ga teng boʻldi.

Oʻzbekiston 2022-yilning 6 oyida konditsioner eksport qilgan davlatlar:

  • Ozarbayjon — 15 318 ta
  • Tojikiston — 6525 ta
  • Qozogʻiston — 3534 ta
  • Qirgʻiz R. — 3078 ta
  • Rossiya — 2826 ta
  • Turkmaniston — 2673 ta
  • Turkiya — 492 ta
  • Moldova — 459 ta
  • Armaniston — 350 ta

Shuningdek, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati $41,5 mln.ga teng boʻlgan 184,7 mingta konditsioner import qilingan.