Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekistonga 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati $41,5 mln.ga teng boʻlgan 184,7 mingta konditsioner import qilingan.

Konditsioner importi 2021-yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 62 mingtaga oshgan.

Oʻzbekiston bu mahsulotni, asosan, 27 ta davlatdan import qilgan. Asosiy yetkazib beruvchi Xitoy hisoblanadi:

  • Xitoy — 174 391 dona
  • Turkiya — 4 754 dona
  • Ispaniya — 899 dona
  • Litva — 811 dona
  • Tailand — 772 dona
  • Fransiya — 515 dona
  • Koreya — 498 dona
  • Italiya — 458 dona
  • BAA — 388 dona
  • Rossiya — 265 dona
  • Hindiston — 211 dona
  • Gruziya — 208 dona
  • Germaniya — 124 dona

Avvalroq “Spot” Andijonda televizor ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi haqida yozgan edi.