Endilikda tadbirkorlarga qanday yengilliklar beriladi

“Spot” prezidentning tadbirkorlar bilan uchrashuvidan muhim masalalarni bir joyga jamladi.


Prezident AKT sohasini rivojlantirishga qaratilgan qarorni imzoladi

Hujjat bilan masofaviy xizmatlar eksporti markazi, “Digital office” tizimini tashkil etish hamda davlat kosmik monitoringini amalga oshirish tizimini yaratish kabilar belgilandi.


Investorlarga ko‘mak markazi, sanoat texnoparki, tadbirkorlik zonalari — Qoraqalpog‘istonda qanday loyihalar amalga oshiriladi

Shuningdek, prezident infratuzilmani rivojlantirishdagi muammolarga ham to‘xtaldi.


Rossiya oʻzbekistonliklar uchun valyuta ayirboshlash maydoniga aylandi

Rus nashrlarining yozishicha, valyutafurushlar rublga so‘m sotib olib, keyin dollarga almashtiradilar. Soʻngra Rossiyaga borib, u yerda yana rubl sotib oladilar.


O‘zbekistonda 1-sentabrdan nimalar o‘zgaradi

“Spot” sentabr oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. UzAuto Trailerning 100% davlat ulushini xususiylashtirish jarayoni boshlandi. Korxonada avtomobil texnikalari hamda tirkama va furgonlar ishlab chiqariladi.
  2. Germaniyada inflyatsiya 70 yil ichida birinchi marta 10 foizdan oshishi mumkin. “Bundesbank” rahbariga ko‘ra, bunga Rossiya tomonidan gaz yetkazib berishni cheklash natijasida energiya narxining oshishi sabab bo‘ladi.
  3. O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari kamaydi. Iyul oyida zaxiralar qariyb $1 mlrd.ga kamayib, avgust holatiga ko‘ra $34,6 mlrd.ni tashkil etmoqda.
  4. Oʻzbekiston rossiyaliklar yozgi ta’tilni oʻtkazadigan eng mashhur yo‘nalishlardan biriga aylandi. Mamlakat fuqarolari ichki yo‘nalishlardan so‘ng ko‘proq O‘zbekistonga sayohat qilishgan.
  5. Joriy yilda O‘zbekistonda qariyb 163 mingta yengil avtomobil ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 45 mingga oshgani qayd etildi.
  6. Uzbekistan Airways bir qator aviaqatnovlar bekor qilinganini ma’lum qildi. 12-sentabrdan 20-sentabrgacha rejalashtirilgan reyslar Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga koʻra bekor qilingan.
  7. Ichki sayohat xarajatlarining bir qismini qanday qaytarib olish mumkin. Qo‘llanma. Xarajatlar uchun keshbek transport, mehmonxona va madaniy tashkilotlar xizmatlaridan foydalanganda amalga oshiriladi.
  8. O‘zbekiston “sof” ish haqi reytingida 96-o‘rinni egalladi. Ro‘yxatni $5988 bilan Shveysariya boshlab berib, $144 bilan Shri-Lanka tugatgan.
  9. Nurafshonda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda yangi shaharcha barpo etiladi. Loyiha 2022−2026-yillarda 150 gektar yer maydonda $500 mln investitsiya kiritish hisobidan amalga oshiriladi.
  10. Navoiyda O‘zbekiston-Xitoy dori texnologiyalari parki qurilishi boshlandi. Umumiy qiymati $10 mlnga teng bo‘lgan loyihani 2024-yilning yakuniga kelib ishga tushirish rejalashtirilgan.