“Uzbekistan Airways” kompaniyasi 2022-yil 12-sentabrdan 20-sentabrgacha rejalashtirilgan bir qator reyslar bekor qilinganini ma’lum qildi.

Unga koʻra, quyidagi aviaqatnovlar Samarqand xalqaro aeroportining texnik sabablariga koʻra qoldiriladi:

  • HY041/042, HY043/044, Toshkent-Samarqand-Toshkent;
  • HY275\276 Samarqand-Istanbul-Samarqand;
  • HY605\606 Samarqand-Moskva-Samarqand;
  • HY767\768 Samarqand-Olmaota-Samarqand;
  • HY639\640 Samarqand-Sankt-Peterburg-Samarqand;
  • HY9606\9605 Moskva-Samarqand-Moskva.

Yo‘lovchilar bekor boʻlgan parvozlar aviachiptalarining toʻliq qiymatini chipta sotib olingan joyda qaytarib olishlari yoki boshqa sanaga bepul qayta bronlashlari mumkin.


Avvalroq “Spot” xorijga yo‘lga qo‘yilayotgan va qayta tiklanayotgan aviaqatnovlar ro‘yxatini tuzgandi.