Tovar va xizmatlarning Yagona elektron milliy katalogi ishga tushirildi. Bu haqda Davlat soliq qo‘mitasi xabar berdi.
Unga ko‘ra, yangilangan elektron versiyada quyidagi yangi funksiyalar mavjud:
- MXIKlarining har bir bo‘limi uchun qulay qidiruv tizimi;
- tovarlar va xizmatlarga biriktirilgan qat’iy va tavsiya etilgan o‘lchov birliklarini ko‘rish;
- tovar va xizmatlarga biriktirilgan imtiyozlar ID raqami;
- mahsulot (xizmat)lar kodining butun zanjirini ko‘rish imkoniyati;
- katalog tuzilmasi bo‘yicha yig‘ma ko‘rsatkichlar.
MXIK asosida mahsulotlarga shtrix-kod va QR-kodni generatsiya qilish mumkin.
Bu esa MXIKga bog‘langan mahsulotlarning shtrix-kodini (QR-kod) skanerlash orqali aylanmadan olib chiqishni soddalashtiradi.
Shuningdek, “Mahsulot haqida batafsil ma’lumot” yangi bo‘limi orqali mahsulot va uning xususiyatlari, ishlab chiqaruvchisi kabi hamma foydalanishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlar bilan tanishish mumkin.
Avvalroq “Spot” talabalar uchun ijara uylarining elektron platformasi ishga tushirilgani haqida yozgandi.