Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan talabalarning ijara uylarini topishiga yordam beradigan elektron platforma yaratildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Platformada har bir hudud bo‘yicha ijara uylarining ma’lumotlar bazasi shakllantirilishi belgilangan.

Xususan, ijara uylarining manzili, narxi, uy egasining telefon raqami kabi ma’lumotlar kiritiladi.

Shuningdek vositachilik turi, xonalar soni, jihozlar mavjudligi, Toshkent shahrida qaysi metroga yaqin joylashgani bo‘yicha qidiruvni amalga oshirsa bo‘ladi.

Shaxsiy hisob ochish orqali esa o‘z e’lonini berish mumkin.

Sayt test rejimida ishlayapti, shuning uchun ham unda ma’lumotlar kam.


Avvalroq “Spot” regulyator bakalavriat va magistratura talabalari uchun stipendiya tanlovini e’lon qilgani haqida yozgandi.