Toshkentda ko‘p qavatli uylarning ijara narxi o‘rtacha $339ni tashkil etmoqda
Eng past narx Sergeli va Olmazor tumanlarida, eng baland narx esa Mirobod va Yakkasaroy tumanlarida qayd etilgan.
O‘zbekistondagi iste’mol kreditlari. Sentabr 2022
Kreditning maksimal miqdori 150 mln so‘mni, minimal foiz stavkasi 23%ni tashkil qiladi.
Toshkent aeroportida rasmiy taksi xizmati ishga tushdi
Aeroport hududida taksilar “Komfort”, “Biznes”, “Lyuks” va “Premium” tariflarida xizmat ko‘rsatadi.
Tenge Bank vakili Ulug‘bek Tavakkalov tomonidan tavsiya etilgan 8 ta kitob
Bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari kitobxonlikka mehrini uyg‘otgan, dunyoqarashini o‘zgartirgan kitoblar bilan o‘rtoqlashdi.
IT-sohasida o‘zbekistonlik qizlar — Irlandiyadagi Workday dasturchisi Muhayyo Tashpulatova hikoyasi
Muhayyo xorij kompaniyasiga ishga joylashgani, “Amazon"da amaliyot o‘tagani hamda jamoa bilan ishlash tajribalari haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Toshkent xalqaro aeroportida uchta avtoturargoh qayta ochildi.
To‘xtash lokatsiyasi va to‘xtab turish davomiyligiga qarab tariflar belgilandi. - Yoshlarga turizm sohasida grantlar ajratiladi.
Grant mablag‘lari uch yil davomida kamida 200 nafar xorijiy sayyohlar uchun tur tashkil qilish sharti bilan taqdim etiladi. - Toshkent viloyatida qiymati $100 mlnlik innovatsion vaksinalar markazi tashkil etiladi.
Bu yerda gepatit, papilloma va boshqa kasalliklarni davolashda ishlatiladigan 10 xil vaksina yiliga 200 mln dozada ishlab chiqariladi. - Huawei va ZTE O‘zbekistonda qiymati $506 mlnlik 4 ta loyihani amalga oshiradi.
Loyiha doirasida mamlakatning telekommunikatsiya tarmoqlari va raqamlashtirishga qaratilgan infratuzilmasi rivojlantiriladi. - Adobe Figma xizmatini $20 mlrdga sotib oladi.
Bu kompaniyaning eng yirik xaridi bo‘lib, bitim summasining 50%i naqd holda, qolgan qismi esa aksiyalarda to‘lanadi. - Siktivkar davlat universiteti O‘zbekistonda rus tilini o‘qitish markazi ochdi.
Markazda o‘qish bepul va darslar onlayn formatda olib boriladi. - Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 7,5%ga tushirdi.
Rossiyaga iqtisodiy sanksiyalar joriy etilganidan so‘ng, regulaytor asosiy stavkani 9,5%dan 20%ga ko‘targandi. - Farmatsevtika mahsulotlarini sertifikatlashtirish qoidalari tasdiqlandi.
Hujjatlar to‘liq taqdim etilmasa, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa hamda qalbaki mahsulot aniqlansa jarayon rad etiladi. - FlyDubai Samarqand va Namanganga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda.
Aviqatnovlar Samarqandga 20-sentabrdan seshanba va juma kunlari, Namanganga esa 24-sentabrdan chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. - Uzbekistan GTL talabalar uchun stipendiya tanlovini e’lon qildi.
Tanlov uch bosqichda o‘tkazilib, g‘oliblar bir yil mobaynida 1 mln so‘m stipendiya bilan ta’minlanadi.