“FlyDubai” aviakompaniyasi Dubay-Samarqand yo‘nalishida reyslarni yo‘lga qo‘yishini e’lon qildi.

Samarqandga parvozlar seshanba va juma kunlari amalga oshiriladi:

  • Dubay — Samarqand 22:40 / 02:50;
  • Samarqand — Dubay 04:05 / 06:30.

Chipta narxi “Ekonom” klass tariflari uchun 1800 dirham ($490) dan boshlanadi.

Shuningdek, kompaniya 24-sentabrdan Namanganga ham aviqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda.

Bundan oldin Fuqaro aviatsiyasi agentligi mazkur avaiakompaniyaga Dubay-Namangan-Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergandi.

Aviaqatnovlar haftaning chorshanba va shanba kunlari quyidagi jadval asosida bajariladi:

  • Dubay — Namangan 22:50 / 03:30;
  • Namangan — Dubay 04:30 / 07:25.

Namanganga reyslarning qo‘shilishi uni O‘zbekistonda Samarqand va Toshkentdan keyin uchinchi yo‘nalishga, Markaziy Osiyodagi yettinchi manzilga aylantiradi.

Bu esa o‘z navbatida BAA va Fors ko‘rfazi yo‘lovchilariga ko‘proq hududlarni kezish imkonini beradi.

“O‘zbekiston kompaniyamiz uchun rivojlanayotgan bozorga aylandi. Keyingi haftada Namangan va Samarqandga parvozlar kengayayotganidan xursandmiz. Aviqatnovlar yo‘lga qo‘yilishi ikki mamalkat aloqalarni mustahkamlaydi”, — dedi “Flydubai” bosh direktori Geyt Al-Geyt.


“Spot” avvalroq “FlyNas” aviakompaniyasi Jidda-Toshkent-Jidda yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yishi haqida yozgandi.

Mazkur yo‘nalishda haftasiga uch marotaba parvozlarni amalga oshirish rejalashtirilgan.