“Forbes” nashri O‘zbekistondagi ishonchli banklar reytingini e’lon qildi.

Unda nashr joriy yilning 1-aprel holatiga ko‘ra banklarni reytingi va aktivlari hajmi bo‘yicha saralagan.

Reytingda O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki yuqori pog‘onani egalladi.

Mamlakatda 33 ta bank faoliyat yuritadi, shundan 12 tasi davlat ulushi mavjud banklar hisoblanadi.

1-avgust holatiga ko‘ra, aktivlarning 80%i va depozitlarning 67%i davlat banklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Banklar nomi
Reytingi
Aktivlari hajmi
1
O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar milliy banki
Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1
93,1 mlrd so‘m
2
Ipoteka-bank
Fitch — BB-, S&P — BB-, Moody’s — B1
37,5 mlrd so‘m
3
Sanoat qurilish banki
Fitch — BB-, S&P — BB-
55,8 mlrd so‘m
4
Xalq banki
Fitch — BB-, S&P — BB-
26,6 mlrd so‘m
5
Asakabank
Fitch — BB-, Moody’s — B1
51,9 mlrd so‘m
6
Agrobank
Fitch — BB-, Moody’s — B1
40,8 mlrd so‘m
7
Qishloq qurilish bank
Fitch — BB-
21,2 mlrd so‘m
8
Mikrokreditbank
Fitch — BB-
13,5 mlrd so‘m
9
Hamkorbank
Moody’s — B2, S&P — B+
13,2 mlrd so‘m
10
Kapitalbank
Moody’s — B2, S&P — B+
16,1 mlrd so‘m

Reytingga ega bo‘lmagan banklar o‘z aktivlari hajmiga qarab tartiblandi. Qolgan banklarning reytingda yo’qligi ularning ishonchsiz ekanligini anglatmaydi.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda ayrim banklar norezidentlar uchun hisob-raqam ochish jarayonini murakkablashtirayotgani haqida yozgandi.