Avtomobillarga bo‘lgan qiziqishdan shaxsiy biznesgacha — “Spot” BAAning “Urent” kompaniyasi asoschisi Omar Al Ashi bilan suhbatlashdi

Frontend dasturlovchi shaxsiy biznesini noldan boshlab, qisqa muddat ichida qariyb $3mln tushumga ega bo‘lgan.


Farhod Mahmudov: “Turkiston Bank tufayli OSON foydalanuvchilarining 1,5 mlrd so‘mdan ortiq elektron pullari muzlatib qo‘yildi”

“OSON” to‘lov tizimi asoschisi va rahbari Farhod Mahmudov “Turkiston bank” litsenziyasi bekor qilinishining oqibatlari va mijozlarga mablag‘larini qaytarish yo‘llari haqida “Spot"ga so‘zlab berdi.


Xitoyning EXEED brendi O‘zbekiston bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

Mazkur avtomobil AQSh, Rossiya va Qozog‘iston kabi mamlakatlarda faoliyatini olib boradi.


Xorij fuqarosiga “kvartira"ni qanday ijaraga berish va bunda nimalarga ahamiyat qaratish kerak. Qo‘llanma

“Spot” ekspert Zafar Tuxtashov bilan uy-joyni xorij fuqarosiga ijaraga berish tartibini bosqichma-bosqich tushuntiradi.


Har yili dekabrda tashkilotlar pensiya olish huquqiga ega xodimlar ro‘yxatini tuzadi

Bu bo‘yicha tegishli nizom tasdiqlandi.


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Aholiga qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladi.
    Sotib olingan va o‘rnatilgan quyosh va shamol elektr stansiyasi qurilmalari uchun BHMdan kelib chiqib 7 barobardan 50 barobargacha kompensatsiya berilishi belgilangan.
  2. Tadbirkorlarga elektromobil quvvatlash stansiyalarida elektrni erkin narxda sotish huquqi beriladi.
    Shuningdek, ularga yer, mulk va foyda solig‘idan imtiyozlar ajratiladi.
  3. Uy-joy ijara shartnomasini tuzish talablari qanday.
    Adliya vazirligi ijaraga berishning ayrim muhim huquqiy asoslari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
  4. Birinchi bosqich talabalariga ikki oylik ijara kompensatsiyasi shartnomasiz to‘lab beriladi.
    Ikkinchi va undan keyingi bosqich talabalari shartnoma taqdim etgandagina kompensatsiya pulini olishi mumkin. Kechki va sirtqi ta’lim talabalari uchun esa tatbiq etilmaydi.
  5. Rossiyadagi qisman safarbarlik qo‘shni mamlakatlardagi mehnat bozoriga qanday ta’sir qildi.
    Mamlakat fuqarolari ish izlagan kuchli uchtalikda O‘zbekiston, Qozog‘iston va Gruziyada bor.
  6. “UZCARD"ning davlat ulushi yana xususiy qo‘llarga o‘tdi.
    Kompaniyaning 75% davlat ulushi uning nominal egalari tomonidan ularga berilgan imtiyozli huquqdan foydalangan holda sotib olingan.
  7. O‘zbekiston-Vetnam Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi.
    Shuningdek, kimyo va to‘qimachilik mahsulotlarini hamda avtomobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
  8. Joriy yilda O‘zbekistonda uy-joy sotuvi bo‘yicha shartnomalar soni qariyb 80 mingga yetdi.
    Shuningdek, sentabr oyida ijara narxlarida 7,7%ga o‘sish kuzatilgan.
  9. Xorijda qanday qilib qonuniy ishlash mumkin.
    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda litsenziyaga ega XBA orqali ketgan ishchilar xavfsiz, tartibli va qonuniy ishlarga jalb qilinadi.
  10. To‘qqiz oyda banklar orqali 503 trln so‘mlik naqd pul aylanmasi amalga oshirildi — Markaziy bank.
    Bu davrda naqd pul tushumi 244,3 trln so‘mni, naqd pul chiqimi esa 258,7 trln so‘mni tashkil etgan.