Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha prezident qarori qabul qilindi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 1-dekabridan MCHJlar hamda aktivlarining balans qiymati BHMning 100 ming barobaridan kam, davlat ulushi 50% va undan ko‘p aksiyadorlik jamiyatlari hamda DUKlarda ichki auditni tashkil etish talabi bekor qilinadi.

Bundan tashqari MCHJning ta’sis shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish hamda jamiyat vakillariga umumiy yig‘ilishda ishtirok etish uchun beriladigan ishonchnomani notarial tasdiqlash tartibi tadbiq etilmaydi.

Shuningdek, MCHJda zaxira jamg‘armasi tashkil etilganda uning miqdorini ustav fondining kamida 15%i etib belgilash tartibini ham bekor qilish keltirilgan.

2023-yil 1-martdan unitar korxona yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat shaklida yuridik shaxs tashkil etish to‘xtatiladi.

Keyingi yilning 1-aprelidan quyidagi tartib kuchga kiradi:

  • MCHJ ustav fondiga qo‘shiladigan, qiymati BHMning 10 ming baravaridan ko‘p pulsiz hissalar baholovchi tashkilot tomonidan baholanadi va baholangan qiymatdan yuqori bo‘lishi mumkin emas;
  • yuridik shaxslar qayta tashkil etilganda, korxonalarning huquq va majburiyatlari unga o‘tgan hisoblanadi.

2023-yilning 1-iyulidan esa xo‘jalik jamiyatining filiallari, vakolatxonalari tashkil etilganligi hamda uning ustav fondi shakllantirilganligi, shuningdek, to‘lovga qobiliyatsizligi yuzasidan ish qo‘zg‘atilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar Yagona portalda e’lon qilinadi.


Avvalroq, kripto-do‘kon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangandi. Hujjat bilan, anonim kripto-aktivlar hamda o‘zaro o‘zgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalarini amalga oshirish taqiqlanadi.