London ICE Futures birjasida Brent neftining yanvar fyucherslari narxi bir barrel uchun $93,92ni tashkil etdi, deya xabar bermoqda “Interfax” nashri.
Bunga dollar kursining keskin pasayishi sabab bo‘lgan va narx bir kun avvalgi sessiya yopilishidan $0,25 (0,27%)ga yuqorilagan.
10-noyabr kungi savdolar natijasida ushbu shartnomalar bir barrel uchun $1,02 (1,1%)ga oshib, $93,67ni tashkil qilgandi.
Nyu-York tovar birjasi (NYMEX) elektron savdolarida dekabr oyidagi WTI neftining fyucherslari narxi bir barrel uchun $86,72ni tashkil etgan.
Bu payshanba kungi sessiyaning yakuniy qiymatidan $0,25 (0,29%) yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi.
Bir kun oldingi shartnoma narxi esa $0,64 (0,8%)ga oshib, bir barrel uchun $86,47ga yetgandi.
Dollarning yevro, Shveytsariya franki, iyena, Kanada dollari, funt sterling va shved kronasiga nisbatan dinamikasini ko‘rsatuvchi ICE indeksi ma’lumotlar arafasida taxminan 2%ga tushib ketgan.
Avvalroq Saudiya Arabistoni Osiyo va AQSh mamlakatlari xaridorlari uchun eksport qilinadigan neft narxini oshirishi haqida xabar berilgandi.