2023-yilda O‘zbekistonda qanday o‘zgarishlar kutilmoqda
QQS stavkasining tushirilishi, yangi tahrirdagi “Mehnat kodeksi"ning kuchga kirishi, tadbirkorlarga beriladigan imtiyoz va yengilliklar — “Spot” muhim o‘zgarishlarni bir joyga jamladi.
Onlayn firibgarlikning besh turi — ularni qanday aniqlash mumkin
“Spot” onlayn firibgarlik holatlari, ularni rasmiy xabarlardan qanday ajratish mumkinligi hamda aldanib qolmaslik uchun nima qilish kerakligi haqidagi ma’lumotlarni jamladi.
Yil yakunlari: O‘zbekiston tadbirkorlari tomonidan tavsiya etilgan 5 ta kitob
Roʻyxatga badiiy adabiyotlar, avtobiografiyalar va shaxsiy oʻsish hamda biznesni rivojlantirishga oid kitoblar kiritilgan.
Yil yakunlari: 2022-yilda qaysi kompaniyalar rebrending qildi
“Spot” joriy yilning eng hayratlanarli holatlarini eslab, qaysi kompaniyalar rebrending o‘tkazgani va natijalar haqida ma’lumot to‘pladi.
Yil yakunlari: ko‘chmas mulk bozori qanday o‘zgardi va 2023-yildan nima kutishimiz kerak?
Soha mutaxassislari 2022-yil voqealari ko‘chmas mulk sektoriga qanday ta’sir qilgani, bozor ishtirokchilari qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va kelgusi yilda nimalar kutish kerakligi haqida so‘zlab berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Termiz xalqaro aeroporti rekonstruksiyadan so‘ng ishga tushdi. Mazkur majmuani qurish loyihasi 550 mlrd so‘mga baholanmoqda. Hozir 377 mlrd so‘mlik ishlar bajarilgan.
- Yil yakunlari: 2022-yilda eng ko‘p pul yo‘qotgan xorijiy kompaniyalar. “Yahoo! Finance” tahliliga ko‘ra, “Apple”, “Microsoft”, “Tesla” va “Meta” kompaniyalari joriy yilni moliyaviy zarar bilan tugatmoqda.
- “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olish uchun sudga murojaat qildi. Avvalroq Markaziy bank tomonidan mazkur bankning faoliyatini amalga oshiruvchi litsenziyasi qaytarib olingandi.
- Sinov tariqasida 14 ta tumanda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi. Ro‘yxat. Mazkur tumanlarda mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha undirilgan mablag‘larning 10%i tegishli jamg‘armalarga yo‘naltiriladi.
- Biologiya bo‘yicha Yaponiyada o‘tkaziladigan amaliyot dasturiga arizalar qabul qilinmoqda. Ishtirokchilarga turar joy va aviachipta xarajatlari qoplab beriladi hamda $1800 miqdorida stipendiya ajratiladi.
- O‘zbekistondagi ikkilamchi avtomobil bozori: narxlari, holati va yurgan masofasi. Unda yetakchilikni mahalliy avtomobillar tashkil etib, eng ko‘p sotilayotgan avtomobillar qatorida “Lacetti”, “Cobalt”, “Spark” hamda “Damas” kabilar mavjud.
- Regulyator “Smart Bank"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berdi. Bu bilan, mazkur bank Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi 32-bank boʻladi.
- Xitoy universiteti magistratura va PhD uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda. Talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etilib, turar joy hamda $500gacha oylik stipendiya bilan ta’minlanadi.
- Markaziy banklar 55 yil ichida rekord miqdorda oltin sotib oldi. Eng yirik xaridorlar Xitoy va Rossiya bo‘lib, ular orasida O‘zbekiston va Turkiya ham bor.
- Prezident farmoni bilan yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Unga ko‘ra, kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri hamda iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga yangi nomzodlar tayinlandi.