Xitoyning Dalian texnologiya universiteti magistratura va PhD darajasi uchun grant dasturiga arizalar qabul qilmoqda.

Unda barcha mamlakatlardan nomzodlar ishtirok etishi mumkin. Bunda magistratura uchun nomzodlar 35 yoshdan, doktarantura uchun esa 40 yoshdan oshmaganlar hujjat topshira oladi.

Xitoy tilida olib boriladigan dastur uchun HSK sertifikati talab etiladi. Ingliz tilida o‘qitiladigan dastur uchun esa TOEFL 80 ball va undan yuqori, IELTS esa 5,5 ball yoki undan yuqori bo‘lishi kerak.

Qabul qilingan talabalar o‘qish to‘lovidan ozod etiladi hamda turar joy bilan ta’minlanadi.

Shuningdek, magistratura talablariga oyiga $430, PhD talabalariga esa $500 miqdorida stipendiya ajratiladi.

Nomzodlar diplom, akademik transkript, o‘quv rejasi hamda ikkita tavsiyanoma va boshqa ma’lumotlarini jo‘natishlari kerak.

Arizalar 2023-yilning 20-fevraligacha havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.

Avvalroq, Gongkong universiteti balakavr yo‘nalishi uchun grant dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.