“Smart Bank"ga bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziya berildi, deya xabar bermoqda Markaziy bank matbuot xizmati.

Regulyator boshqaruvi Toshkentda “Smart Bank” aksiyadorlik jamiyatini roʻyxatdan oʻtkazish va unga bank faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya berish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.

Bu bilan, mazkur bank Oʻzbekistonda faoliyat olib boruvchi 32-bank boʻladi.


Avvalroq Markaziy bank “Turkiston bank” va “Hi-Tech Bank” litsenziyasini qaytarib olgandi.