Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) O‘zbekistonda sug‘orish samaradorligini oshirishga yordam berish maqsadida $199,96 mln miqdoridagi kredit ajratadi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar berdi.

Kredit mablag‘lari Farg‘onada qurilgan 118 ta eskirgan nasos stansiyalarini modernizatsiya qilishda ishlatiladi.

Shuningdek, zamonaviy energiya tejamkor nasos agregatlarini xarid qilish va o‘rnatish, shuningdek, tegishli infratuzilmani rekonstruksiya qilish uchun foydalaniladi.

Loyiha sug‘oriladigan dehqonchilikka qaram bo‘lgan va yil davomida nisbatan kam yog‘ingarchilik bilan tanilgan mintaqada muhim ahamiyatga ega bo‘lgan mintaqaviy sug‘orish suv transporti tizimining samaradorligini oshiradi.

Eski suv nasoslarini zamonaviy uskunalar bilan almashtirish suv sarfini yaxshiroq nazorat qilish va yo‘qotishlarni kamaytirish imkonini beradi.

Yangilanish atrof-muhitga bevosita ta’sir ko‘rsatishi, yillik elektr energiyasi iste’molini 277 ming MVt/soatga kamaytirishi va CO2 ning yillik emissiyasini 129 ming tonnaga kamaytirishi kutilmoqda.

“Bunday yashil loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali biz nafaqat ushbu hudud uchun muhim bo‘lgan suvdan foydalanish samaradorligini oshirmoqdamiz, balki sug‘oriladigan yerlar maydonini qariyb 32 ming gektarga ko‘paytirishga, mamlakatda 19 mingga yaqin aholini ish o‘rinlari bilan ta’minlashga ko‘maklashyapmiz”, — deydi YeTTB Markaziy Osiyo boʻyicha boshqaruvchi direktori Juzzanna Hargitay.


Avvalroq “Spot” YeTTB startaplar uchun “AgVenture” tanlovini e’lon qilgani haqida yozgandi.