Elektron raqamli imzoni qanday olish mumkin. Qo‘llanma

Mazkur xizmatdan foydalanish pullik bo‘lib, jismoniy shaxslar uchun 21 ming so‘mni, yuridik shaxslar uchun esa 30 ming so‘mni tashkil etadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda qanday investitsion loyihalar amalga oshiriladi — prezident nutqidan muhim tafsilotlar

Mamlakatda Xalqaro tijorat sudi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi, to‘rtta aeroport xususiy sektor boshqaruviga o‘tkaziladi va boshqalar.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi

Spot may oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar, muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Stereotip va diskriminatsiya — O‘zbekiston IT-sohasida nega xotin-qizlar kam

Timurmalik Elmuradov sohada nima uchun ayollar soni ko‘p bo‘lishi kerakligi, mamlakatdagi imkoniyatlar haqida o‘z fikrini bildirdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. “Uzum Market” “AliExpress"ning logistika bo‘yicha rasmiy hamkoriga aylandi.
    Endi “AliExpress” foydalanuvchilari buyurtmalarni yetkazib berish uchun “Uzum” BBPni tanlashlari mumkin.
  2. OTB Buxorodagi ikkita shamol elektr stansiyasi uchun $174 mln yo‘naltiradi.
    Bank kredit ajratish bo‘yicha “ACWA Power” kompaniyasi bilan shartnoma imzolagan. Shundan teng yarmi Osiyoning yetakchi xususiy infratuzilma fondi hisobidan ajratiladi.
  3. Ukrainaning “Uklon” taksi xizmati O‘zbekistonda faoliyatini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda.
    Agregator mamlakatda bir nechta bo‘sh ish o‘rinlarini ochdi. Bundan tashqari, kompaniya yil oxirigacha uchinchi bozorga chiqishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
  4. To‘lovlarni amalga oshirishda vositachilik haqining chegaraviy miqdori belgilandi.
    Endilikda belgilangan ayrim xizmatlar uchun vositachilik haqining chegaraviy miqdori BHMning 20%ini (66 ming so‘m) tashkil etadi.
  5. 25 yoshgacha bo‘lganlarni ishga olgan korxonalarga to‘langan ijtimoiy soliqni qoplab berish muddati uzaytirildi.
    Unga ko‘ra mazkur muddat 1-maydan 2025-yilgacha uzaytirilib, ijtimoiy soliq summasi yosh xodimlar 6 oy davomida uzluksiz mehnat faoliyatini amalga oshirishi sharti bilan yettinchi oydan boshlab qoplab beriladi.
  6. O‘zbekiston oltin qazib olish hajmini 1,4 barobarga oshirmoqchi.
    Tog‘-kon va geologiya vazirligining ta’kidlashicha, mamlakat qimmatbaho metal qazib olishni 150 tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda.
  7. Energetika, mehmonxona hamda ekologiya — xorijiy kompaniyalar bilan qanday loyihalar amalga oshiriladi.
    Toshkent xalqaro iqtisodiy forumi doirasida xorijiy kompaniyalar bilan kelishuvlar imzolandi.
  8. BAA kompaniyasi Toshkentda chiqindi suvlarni tozalash inshootini quradi.
    O‘zsuvta'minot kompaniyasi bilan amalga oshiriladigan mazkur loyiha qurilishi 2024-yilning yanvaridan boshlanadi.
  9. “EPAM” “SAP Development” bo‘yicha bepul kursga arizalar qabul qilmoqda.
    Nomzodlar ingliz tilini Pre-intermediate va undan yuqori darajadagi bilishi kerak. Arizalar 1-iyungacha qabul qilinadi.
  10. Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berishning yangi tartibi joriy etilishi mumkin.
    Xususan, ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, Toshkentda BHMning bir baravari, qolgan hududlarda esa BHMning yarim baravari miqdorida to‘lanishi belgilanmoqda.