“EPAM Training Center” tomonidan SAP Development bo‘yicha kursga arizalar qabul qilinmoqda.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, darslar onlayn ravoshda olib boriladi.

SAP — barcha o‘lchamdagi tashkilotlarga turli xil ichki jarayonlarni boshqarish yechimlarini taklif qiluvchi biznes dasturiy ta’minot provayderi.

Kurs davomida nazariy materiallarni mustaqil o‘rganish, undan keyin test va amaliy topshiriqlar yordamida bilimlarni sinab ko‘rish mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, ishtirokchilar materiallarga kirish imkoniga ega bo‘lib, ularni o‘zlarining xohishiga ko‘ra o‘tishlari mumkin.

Nomzodlar ingliz tilini Pre-intermediate (A2) va undan yuqori darajadagi bilishi hamda haftada 10−20 soat yoki undan ko‘proq vaqtni oq’ish uchun ajratishi talab etiladi.

Unda ishtirok etish uchun arizalarni 1-iyungacha havola orqali jo‘natish kerak.

Ro‘yxatdan o‘tgandan keyin 3 kun ichida ingliz tili imtihonidan o‘tish kerak, u esa profilda mavjud bo‘ladi.

Nomzod testdan muvaffaqiyatli o‘tsa, kurs uchun havola oladi.

Batafsil ma’lum bu yerda.


Avvalroq “Google Cloud” bepul dasturiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi. Unda o‘zbekistonliklar ham ishtirok etishi mumkin.

Kurs yakunida faol ishtirokchilar hamkor kompaniyalarda amaliyot o‘tashlari mumkin bo‘ladi.