Hayat Mediсal Centre hammuassisi Nuriddin Nuritdinovning 5 ta xatosi

Nuriddin Spot’ga davlat sektori bilan ishlashning qayg‘uli tajribasi, shoshqaloqlik bilan chiqarilgan qarorlarning biznesda nimalarga olib kelgani va o‘z sog‘lig‘iga e’tiborsizlik bilan qaragani haqida gapirib berdi.

hafta yakuni, week summary


Shaxsiy mablag‘lar: Toshkentda administrator va tarjimon qanday yashaydi va qancha pul topadi?

Spot turli kasb egalari moliyani boshqarish bo‘yicha o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashadigan maqolalar turkumini yo‘lga qo‘ymoqda.

hafta yakuni, week summary


Apple tarixi: birinchi shaxsiy kompyuterlar chiqarilishidan tortib iPhone’gacha, kompaniyaning taniqli texnologiya gigantiga aylanishi

Mazkur materialda kompaniyaning qanday paydo bo‘lgani, uni yuritishdagi qiyinchiliklari hamda bugungi kundagi omadli qadamlari haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni, week summary


Nescafé tarixi: Ikkinchi jahon urushi paytida askarlarning sevimli ichimligiga aylangan qahva qanday paydo bo‘lgan?

Maqolada Braziliyada inqiroz sabab yuzaga kelgan vaziyat va mamlakat bankidan Nestléga bildirilgan taklif hamda mashhur qahva kim tomonidan yaratilgani haqida so‘z yuritiladi.

hafta yakuni, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Rossiyaning Bork maishiy texnika brendi O‘zbekistonda do‘konlarini ochmoqchi.
    Qayd etilishicha, doʻkonlar 2023-yil oxiri yoki 2024-yil boshida ochilishi rejalashtirilgan.
  2. Xalqaro valyuta jamg‘armasi amaliyot dasturiga arizalar qabul qilmoqda.
    Unda ayrim sohalarni tamomlagan yoki o‘qiyotgan yoshlar ishtirok etishi mumkin. Sayohat hamda tegishli xarajatlarni qoplaydi.
  3. Energetika vazirligi Quyoshli mahalla tanlovini e’lon qildi.
    Tanlov 1-iyundan 1-sentabrga qadar o‘tkazilib, bosh sovringa elektromobil topshiriladi.
  4. Toshkentdagi kafe va restoranlar yozgi ayvonlari buzib tashlanmoqda. Tadbirkorlar qanday fikrda?.
    Bino mulkdorlariga esa 80 mln so‘mga teng maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
  5. O‘zbekistonda banknotlar uchun yangi turdagi himoya qog‘oz ishlab chiqildi.
    Bunda qog‘oz ishlab chiqarishda ipak tolalari qo‘shiladi, natijada uning mustahkamligi oshadi va qalbakilashtirishdan himoyalanadi.
  6. Bog‘chalardagi oliy ma’lumotli tarbiyachilar oyligi o‘qituvchilar oyligiga tenglashtiriladi.
    Shuningdek, 2024-yildan davlat bog‘cha, maktab va maktabdan tashqari ta’lim tashkilotlari pedagoglariga malaka toifasini berishning yangi tartibi joriy qilinadi.
  7. Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi joriy yilda boshlanadi.
    Makzur temir yo‘l liniyasi Markaziy Osiyodan jahon bozoriga olib boradigan eng qisqa yo‘lga aylanishi kutilmoqda.
  8. Ilon Mask yana dunyoning eng boy odami bo‘ldi.
    Avvalroq uning o‘rnini Louis Vuitton Moet Hennessy rahbari va egasi Bernard Arno egallagandi.
  9. UzAuto Motors Cobalt va Gentra narxlari oshishi haqidagi xabarlarni rad etdi.
    Kompaniya bu bo‘yicha hech qanday ma’lumot taqdim qilmaganini, ushbu ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligi va yolg‘onligini ta’kidlagan.
  10. Twitter o‘z nomini X’ga o‘zgartirishi mumkin.
    Ilon Maskning fikricha, ijtimoiy tarmoqning hozirgi nomi uning yangi rivojlanish konsepsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi.