“Twitter” o‘z nomini “X"ga o‘zgartiradi, dedi ijtimoiy tarmoq egasi Ilon Mask.

U rebrending haqidagi xabarga — “bu haqiqat” degan so‘z bilan izoh bergan.

ilon mask, nomini o'zgartiradi, twitter

Ilon Maskning fikricha, ijtimoiy tarmoqning hozirgi nomi uning yangi rivojlanish konsepsiyasiga to‘g‘ri kelmaydi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, eski “Twitter” bilan solishtirganda “X” uzoqroq postlar, videolar chop etishi, xabarlar almashishi va moliyaviy xizmatlardan foydalanishi mumkin.

Avvalroq “Twitter” logotipi ko‘k qushdan “Dogecoin” kriptovalyutasi ramzi bo‘lgan Shiba Inu itiga o‘zgargandi.

Oktabr oyi boshida Mask “Twitter"ni oldin kelishilgan shartlar asosida $44 mlrdga sotib olishga rozilik bildirgandi.

Keyinchalik Mask kompaniyaning 75% xodimini ishdan boʻshatmoqchi ekanligi haqida ma’lum qildi. 11-noyabr kuni “Twitter” rahbari xodimlariga masofadan turib ishlashni taqiqladi.

12-noyabr kuni esa “Twitter” 5500 ta pudratchidan 4400 tasini ishdan bo‘shatdi. Ular ishdan bo‘shatilgani haqida korporativ akkauntlariga kira olmaganlaridan keyin bilishgan.

Kompaniya xabariga ko‘ra, bu qarorga budjetni qayta ko‘rib chiqish zarurati sabab bo‘lgan.


Avvalroq “Spot” Ilon Mask “Twitter” bosh direktori lavozimini tark etishi haqida yozgandi.

Keyinchalik Mask kompaniyaning yangi bosh direktorini e’lon qildi.