“Twitter” logotipi ko‘k qushdan “Dogecoin” kriptovalyutasi ramzi bo‘lgan Shiba Inu itiga o‘zgartirdi. Bunga “Coindesk” e’tibor qaratdi.

Yangi logotip sahifa yuklanganda uning mobil va veb-versiyalarida, shuningdek, yuqori chap burchakda ko‘rsatiladi.

twitter, logotip, ko'k qush, dogecoin

Foto: Twitter / spot_uzb

Biroq IOS ilovasining so‘nggi versiyasida hech qanday o‘zgarishlar yo‘q.

“Twitter” bosh direktori Ilon Mask obunachilardan birining taklifi bilan ijtimoiy tarmoq logotipini o‘zgartirgani va tvitga 2022-yil mart oyida “Twitter"ni sotib olishni taklif qilgan Chairman nomli foydalanuvchi bilan yozishmalar skrinshotini ilova qildi.

Foydalanuvchi Maskga ijtimoiy tarmoqni sotib olgach, logotipni ko‘k qushdan Doge internet memiga o‘zgartirishi kerakligini yozgan. Mask skrinshotga “va'da qilinganidek”, deb izoh qoldirgan.

twitter, logotip, ko'k qush, dogecoin

Twitter logotipni o‘zgartirgandan so‘ng, “Dogecoin” narxi 25%ga oshib, $0,092ni tashkil qildi. Kriptovalyutaning eng yuqori ko‘rsatkichi Maskning harakatlari bilan ham bog‘liq — tadbirkor 2021-yil may oyida “Saturday Night Live” dasturida kriptovalyuta haqida gapirganda, uning narxi $0,73ga yetgandi.

twitter, logotip, ko'k qush, dogecoin

Fevral oyida Ilon Mask o‘zining vorisi haqida gapirar ekan, o‘zining Shiba Inu iti Flokining suratini e’lon qildi va unga “Twitterning yangi bosh direktori ajoyib” deya izoh qoldirdi.


Avvalroq “Spot” “Pepsi” 15 yil ichida birinchi marta logotipini o‘zgartirgani haqida yozgandi. Yangi logotip Shimoliy Amerika va Kanadada joriy yil kuzida, jahon bozorida esa 2024-yildan boshlab qo‘llanila boshlanadi.