Avvalroq Ilon Mask “Twitter"ning 75% xodimini ishdan boʻshatmoqchi ekanligi haqida xabar berilgandi.

10-noyabr kuni Mask kompaniyaning barcha xodimlariga masofadan ishlash bekor qilingani haqida xat yubordi.

12-noyabr kuni esa “Twitter” 5500 ta pudratchidan 4400 tasini ishdan bo‘shatdi, deya xabar berdi “Platformer” muallifi Keysi Nyuton “Twitter"da. Bu xabarni “CNBC” va “Axios” nashlari ham tasdiqlashgan.

Xabarga ko‘ra, qisqartirilgan frilanserlar moderatsiya va aloqa bilan shug‘ullanishgan.

Ko‘pchilik pudratchilar ishdan bo‘shatilganini faqat korporativ pochta va messenjerga kira olmaganlarida bilishgan.

Ishdan bo‘shatilgani haqida xabarnoma xati ularga bir soatlik kirish bloklanganidan keyin kelgan.

Unda kompaniya bu qarorga budjetni qayta ko‘rib chiqish zarurati sabab bo‘lganligini tushuntirgan.

Oktabr oyi oxirida “Twitter"ning yangi egasi Ilon Mask besh nafar top-menejerni, jumladan, bosh direktor va moliya direktorini ishdan bo‘shatgandi.

Shuningdek, noyabr oyi boshida kompaniya to‘liq shtatli xodimlarining 50%ini ishdan bo‘shatdi.