O‘zbekiston banklari birinchi chorakda qancha foyda ko‘rdi?

Bu davrni 3 ta bank 300 mlrd so‘mdan yuqori yana 6 tasi 300 mlrd so‘mgach daromad bilan hamda 4 ta bank zarar bilan yakunladi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Avtomobil tarixi haqida onlayn ma’lumot olish mumkinmi? Qo‘llanma

Xizmatdan Yagona portal orqali foydalanish hamda avtomobil kimning nomida, qachon ishlab chiqarilgan va texnik holati qanday ekanligiga oid ma’lumotlarni olish mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit olish: banklar, kerakli hujjatlar va shartlar haqida

Hozirda mavjud 34 ta bankdan 4 tasida boshlangʻich toʻlovsiz avtokredit rasmiylashtirish mumkin. Toʻlovni qaytarish muddati 5 yilgacha. Yillik stavka 24% dan 28% gacha.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


2023-yil iyun oyi uchun O‘zbekiston banklarida kobeyjing kartalari: tariflar va shartlar

Hozirda mazkur kartalarni mavjud 34 ta bankdan 11 tasida ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Oziq-ovqat sanoatidan elektronikagacha: Samsung qanday qilib dunyoning yetakchi brendlaridan biriga aylandi?

Mazkur materialda kompaniyaning qanday paydo bo‘lgani, rivojlanish jarayonlari hamda bugungi kundagi omadli faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Jahon banki — kecha, bugun, ertaga: O‘zbekiston bilan nimalar belgilanmoqda?
    Bankning Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi bo‘yicha yangi vitse-prezidenti Antonella Bassanining rasmiy tashrifi davomida kambag‘allikni kamaytirish va iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga qaratilgan islohotlar muhokama qilindi.
  2. O‘zbekiston Qatar fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qildi.
    Unga ko‘ra, Qatar fuqarolari uchun O‘zbekiston hududiga kirgan kundan e’tiboran 30 kunlik muddatga vizasiz rejim belgilandi.
  3. O‘zbekistonda Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakil lavozimi joriy etildi. Uning vazifasi JSTga a’zo bo‘lish jarayonini jadallashtirish, mas’ul vazirlik va idoralar faoliyatining natijadorligini ta’minlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish hisoblanadi.
  4. O‘zbekiston va Qatar o‘rtasida 15 ta hujjat imzolandi. Ular qaysilar?
    Qatar kompaniyalari energetika, gaz-kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi hamda logistika kabi tarmoqlarda umumiy qiymati $12 mlrddan ortiq loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etadi.
  5. “Uzbekistan Airways” Qurbon hayiti munosabati bilan 50%gacha chegirma e’lon qildi.
    Undan 28-iyundan 2-iyulgacha amalga oshiriladigan mahalliy qatnovlar uchun foydalanish mumkin.
  6. Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda tezkor avtobuslar harakati uchun alohida ajratilgan yo‘lak tashkil etiladi.
    Xususan, bu yo‘laklar Amir Temur, Shahrisabz, Shota Rustaveli va Yangi Sergeli ko‘chalarida tashkil etilib, chorrahalarning geometrik parametrlariga o‘zgartirish kiritiladi.
  7. 20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis dasturining Telegram-boti yaratildi.
    U orqali dasturda ishtirok etish istagini bildirgan tadbirkorlar ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
  8. “Uzbekistan Airways” Yoshlar oyligi munosabati bilan 15% chegirma e’lon qildi.
    Chegirma 9−30-iyun kunlari mahalliy yo‘nalishlardagi aviaqatnovlarga 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar uchun amal qiladi.
  9. O‘zbekiston va Italiya o‘rtasida umumiy qiymati 9 mlrd yevrodan ortiq kelishuv va shartnomalar imzolandi.
    Xususan, Strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qo‘shma deklaratsiya qabul qilindi. Jami 11 ta hujjat orasida sanoat mulki va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlik qilish belgilanmoqda.
  10. Valyutalar kursining o‘zgarishi O‘zbekistonning tashqi raqobatbardoshligiga qanday ta’sir ko‘rsatdi?
    Ko‘rsatkich faqat Turkiyaga nisbatan oshib, qolgan mamlakatlarga nisbatan pasaygan. Real samarali valyuta kursi esa bir nechta mamlakatlarga nisbatan mustahkamlangan.