“Uzbekistan Airways” kompaniyasi Qurbon hayiti munosabati bilan mahalliy yo‘nalishlarga 50%gacha chegirma e’lon qildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Undan joriy yilning 28-iyunidan 2-iyuligacha amalga oshiriladigan barcha mahalliy qatnovlarga foydalanish mumkin.
Chegirma taqdim etiladigan chiptalarni 8-iyundan boshlab xarid qilish imkoni mavjud hamda faqat aksiya davriga to‘g‘ri keladigan aviaqatnovlar uchun qo‘llaniladi.
Taqdim etiladigan chegirma miqdori quyidagicha talqin qilinadi:
- kattalar uchun tarifdan — 50%;
- 2 yoshgacha va 2 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan salonda joy egallovchi bolalar uchun — bolalar tarifiga mos ravishda chegirma miqdori kattalar tarifining — 50%ini tashkil qiladi);
- chegirma salonda joy egallamaydigan va 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun amal qilmaydi.
Aviachiptalarni chegirma bilan aviakompaniya veb-saytida, “Uzbekistan Airways Sales” filiali va uning agentlaridan faqat O‘zbekiston fuqarolari sotib olishi mumkin.
Batafsil ma’lumot bu yerda.