Zafar Hoshimovning ryukzagida nima bor?

Mazkur materialda tadbirkor ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.

hafta yakuni, week summary


Banklardagi overdraft va kredit kartalari. Shartlar va tariflar

Mavjud 34 ta bankdan 9 tasida overdraft, 5 tasida kredit kartalari ochish mumkin.

hafta yakuni, week summary


Talabalar yotoqxona uchun arizani qanday jo‘natishlari mumkin? Qo‘llanma

Yagona portalda talabalar uchun mazkur xizmat ishga tushirilmoqda. Undan foydalanish bepul bo‘lib, hujjat talab qilinmaydi.

hafta yakuni, week summary


Dizengof/99: rossiyaliklar Toshkentda yahudiy kafesini qanday ochishgan?

“Dizengof/99” asoschisi Yevgeniy Tsyupko turmush o‘rtog‘i bilan Toshkentga ko‘chib o‘tgani, bu yerda kafe ochishda qanday qiyinchiliklarga duch kelgani va mahalliy ovqatlanish bozori haqida qanday fikrda ekanligi haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary


Talabalar uchun ta’lim kreditlari

Hozirda mavjud 35 ta bankdan 12 tasida talabalar uchun ta’lim kreditlari ajratilayotgan bo‘lib, u faqat O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan talabalarga beriladi.

hafta yakuni, week summary


O‘zbekiston banklari olti oyda qancha foyda ko‘rdi?

Yanvar-iyun oylarida O‘zmilliybank daromadi qariyb 1,2 trln so‘mga yetib, yetakchilikni egalladi. Bu davrda daromadi 300 mlrd so‘mdan oshgan banklar 5 tani tashkil etdi.

hafta yakuni, week summary


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Whatsapp HD sifatli suratlarni yuborish funksiyasini ishga tushiradi.
    Yangilanish foydalanuvchilarga surat va tasvirlarni yuqori sifatda yuborish imkonini beradi.
  2. Joriy yilda O‘zbekiston Xitoyga quvur orqali qiymati $295,3 mlnlik gaz yetkazib berdi.
    Bu borada $5,85 mlrd mahsuloti bilan Turkmaniston yetakchilik qilmoqda.
  3. Qozog‘istonning galmart supermarketlar tarmog‘i O‘zbekiston bozoriga kiradi.
    Qayd etilishicha, birinchi supermarket “Tashkent City Mall” savdo-ko‘ngilochar markazida joylashadi.
  4. Silk Avia barcha mahalliy yo‘nalishlar uchun chegirma e’lon qildi.
    Chegirma joriy yilning 1-sentabridan 3-sentabrigacha amal qiladi.
  5. Meta yuzdan ortiq tillardan tarjima qilish uchun neyron tarmoqni taqdim etdi.
    SeamlessM4T neyron tarmog‘i nutqni va uning transkripsiyasini uzluksiz sinxron tarjima qilishi mumkin.
  6. Facebook va Instagram Yevropadagi foydalanuvchilarga tavsiyalarni butunlay o‘chirib qo‘yish imkonini beradi.
    Qayd etilishicha, foydalanuvchilar faqat o‘zlari kuzatgan odamlarning hikoyalari va Reels’larini xronologik tartibda ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.
  7. Talabalarga yengillik: kontrakt pulining bir qismi kimlarga to‘lab beriladi?.
    Xususan, yoshlar yetakchisi tavsiyasi bilan talabalarga to‘lov-kontraktining 50%igacha, biroq BHMning 50 baravaridan oshmagan miqdori qoplab beriladi.
  8. YouTube ilovasi ham Shazam kabi qo‘shiqlarni aniqlashi mumkin.
    YouTube qo‘shiqni tanib olishi uchun bor-yo‘g‘i uch soniya yetarli, u o‘sha qo‘shiq haqida tegishli kontentni ko‘rsatadi, rasmiy video (agar mavjud bo‘lsa) va trek ishlatilgan boshqa videolarni topib beradi.
  9. 1-sentabrdan Qirg‘iziston-O‘zbekiston chegarasidan ID-karta orqali o‘tish mumkin.
    Bunda Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolarida boshqa sayohat hujjatlari bilan bir qatorda ID-karta orqali ham ikki mamlakat chegarasini bemalol kesib o‘tishi, kirishi, chiqishi, bo‘lib turish imkoniyati bo‘ladi.
  10. Biznes tarixi: Hugo Boss moda brendining yaratilishi.
    Mazkur materialda brendning qanday paydo bo‘lgani, uni rivojlanish tarixi hamda bugungi kundagi faoliyati haqida ma’lumotlar berilgan.